TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #33 216
📚 Farzandimni o`ylab... yoxud Online ta'limga yordam

Ertaga online ta'limga o`tamizmi yoki yo`qmi, tayyorgarlik ko`rishimiz kerak. Ba'zi fikrlarim:

🔊 1. Zoom.

Ko`pchilik maktablar va boshqa ta'lim muassalari zoom orqali dars berishadi. Lekin hammada ham darsga kirish imkoni bo`lmaydi.

Sabablaridan biri: Zoom 5.9.1 va 5.8.6 versiyalaridandur.

Ko`pchilikda 2021 yilda o`rnatilgan 5.8.6 versiya zoom turibdi. Agar ustoz shu versiyada dars boshlagan bo`lsa, 5.9.1 versiyadagi zoom bilan kirib bo`lmayapti.

Tavsiyam, kompyuteringizga eskiroq bo`lsa ham 5.8.6 ni o`rnatib, ishlatib ko`ring: havola

📅 2. Dars jadvali.

Darslarni avvaldan tayyorlash kerak. Ko`pchilik farzandlarimizga aqlli telefon (smartphone) yoki kompyuter olib bermaganmiz. Ota-onasining telefonini ishlatadiganlar ko`p.

Dars jadvalini va vaqtini bilmasak, farzandimizni o`z vaqtida darsga kirishini ta'minlay olmaymiz.
Ko`p uchratgan xolatlarim:
* Darsga kirish havolasi (link) darsdan 2-5 daqiqa oldin beriladi.
* Dars boshlanganidan keyin, online darsga kira olmagan ustoz, yangi havola yasaydi, o`quvchilar bilmay qoladi
* Darslar orasidagi tanaffus vaqtini bilmaganimiz uchun, keyingi darsga kech qolamiz
kabi.
Bu kabi salbiy xolatlar bo`lmasligi uchun:
+ Barcha havolalarni 1 kun oldin tayyorlash kerak
+ Darsga kirib chiqqandan keyin, ishlamay qolmasligi uchun, tekshirib olish kerak
+ Darsga kirishdagi kutish xonasi rejimini qo`ymaslik kerak (Hamma xohlagan vaqt kira olsin)
+ Dars jadvali, vaqti va havollarni bitta post qilib yozish kerak
+ Telegram orqali yuboriladigan bo`lsa, telegramning "Kechiktirib yuborish" imkoniyatidan foydalanib, har bir havolani darsdan 10 daqiqa oldin guruh/kanalga tashlanadigan qilish kerak.

🏘 3. Uy ishi.

Ma'lumki, dars oxirida ustozlarimiz farzandlarimizga uy vazifalari berishadi. Odatda telegramda ochilgan guruhda tashlashadi. Farzandlarimiz ham natijalarni shu guruhda tashlashadi, yoki ustozning o`ziga shaxsiy xabar bilan yuborishadi. Nimasi muammo:
* Bitta guruhda birnecha uy vazifa berilgan bo`lsa, o`quvchi berilgan ishlarni ko`rmay qolishi mumkin
* O`quvchilar guruhda bir biriga yozgan xabarlar ko`p bo`lgani uchun, na uy ishini va na natijani topib/tartiblab bo`ladi
* Ustoz uy ishini tekshirmoqchi bo`lsa, kun davomida yozilgan barcha xabarlarni o`qishiga to`g`ri keladi
* Bitta o`quvchi yuborgan uy ishini (guruhga tashlagan bo`lsa), boshqalari ko`chirib olish imkoni bo`ladi.

@SaidolimDjuraev
  • 👍 2
More from @dralgorithm
  1. Oct 8, 2026SI davri - qiziq Ajoyib zamonda yashavommiz. Kimdir SI dan qo‘rqadi, kimdir bosib ishlatmo…
  2. Oct 5, 2026SI sabab .si ko‘tariladi AI ni SI ga o‘zgarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Shu vaqt…
  3. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  4. Sep 7, 2026photo post
  5. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  6. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →