TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #319 586

Forwarded from Botir Ziyatov

Yangi dasturchilar va kompaniyalar orasidagi yoriq haqida.

Xozirgi vaqtda o'quv markazlar ko'plab dasturchilarni ishlab chiqarmoqda. Ayrim o'quv markazlari turli hil formatlarda dars o'tib o'quvchilarni yana ham kuchaytirishga, ularni ishga kirgazishga harakat qilishmoqda. Ammo...

Kompaniyalardagi holat ham juda tez o'zgarib bormoqda. Ya'ni talablar tezlik bilan yuqorilashib bormoqda. Ko'plab yirik kompaniyalarga xattoki 1 yil atrofida real ishlagan junior yoki strong junior lar ham kerak bo'lmay qolyapti.

Yaqinda bir guruh(45-50 tacha) o'quvchilar bilan ishlab olgan tajribamdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam. O'quv markazlarni bitirib chiqgan o'quvchilarning juda ko'pchiligi(~80% i) kuchsiz. Ular katta extimol bilan kompaniyalar qo'yayotgan talablarga to'g'ri kelmaydi.

O'quvchilarning kuchsizligiga ko'p faktrlar sabab bo'lishi mumkin:
1) Ustozlar. Real tajribaga ega, biror kompaniyada ishlayotgan ustozlik qila oladigan ustozlarning vaqti kam. Shuning uchun ham ularning vaqti juda qimmat turadi va odatiy grafikda dars o'ta olmaydi. Shu sababli o'quv markazlarda bunday ustozlar kam, deyarli yo'q.
2) O'quvchilarning o'zi. Yaqinda 40 taga yaqin o'quvchilarni interview qilib olgan xulosamdan shuni aytishim mumkinki, 85-90%(40 tadan 36 tachasi) o'zbek o'quvchilar muomila qilishni, tillarni tushunmaydi. Menimcha shu bo'yicha ham dars o'tish kerak. Ko'pchilik muomila va til(rus tili)ga deyarli e'tibor bermaydi. Aslida 40% shu skill lar sizni ishga kirgizadi.

Yana ko'p faktrlar bor, lekin men asosiy 2 tasini aytdim.

O'ylashimcha kompaniyalar va yangi dasturchilar o'rtasidagi yoriq kattalashib bormoqda. Ammo bu yoriqni ham yopadiganlar paydo bo'lmoqda. Davomi
Telegram Javlonbek Mirzaabdullayev Yangi dasturchilar va kompaniyalar orasidagi yoriq haqida. Xozirgi vaqtda o'quv markazlar ko'plab dasturchilarni ishlab chiqarmoqda. Ayrim o'quv markazlari turli hil formatlarda dars o'tib o'quvchilarni yana ham kuchaytirishga, ularni ishga kirgazishga…
  • 👍 3
More from @dralgorithm
  1. Oct 5, 2026SI sabab .si ko‘tariladi AI ni SI ga o‘zgarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Shu vaqt…
  2. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  3. Sep 7, 2026photo post
  4. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  5. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  6. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →