TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #308 308

Forwarded from Alisher Makhmudov

c#, .net, #programming, #html, #css, #js, #vacancy

.NET C# + ASP.NET MVC, HTML, CSS, JavaScript, DB, MySQL tehnologiyalarini biladigan odamga vancancy e'lon qilgandik. "Juniorlar uchun emas" - degan yeri ham bor...



Eng qizig'i endi boshlanadi:


- topshirayotkan odamlar resumeni .pdf shaklda berishayabti (pdf Karl, fullstack developer, mayli middle, mayli junior bo'lsa ham, jonivor online u yer bu yerga qo'yib, bilimingni ko'rsatib, maqtanib g'oz bo'lib link tashlamaysizmi, boshqa candidatlarni oldida shundoqqina bir pog'ona ustun bo'lib chiqmaysanmi :-)?)

- faylning nomlanishi "ism_familiya.pdf", "ism_familiya-resume.pdf", "ism_familiya-resume-(2).pdf"

- ingliz, tus tilini bilish kk deyilgan, resumeni ichida rus tilini bilaman degan yeri yo'q...


Savol va mulohazalar:


- man tushunmayman, hozirgi yoshlar shunchaki soddami ili ahamiyatsizmi?

- kurslarni bitirib chiqishgan ko'plari, ustozlari shu ishga kirishda, faqat katta pul so'ragin deb o'rgatkanmi?

- resumeni taqdim qilish, muomala madaniyati, mayda detallarga ahamiyat qilish kabi muhim jihatlarni kimdur o'rgatadimi...?

- habarlardan shunday turga mansublari ham bor: "aka ish bo'yicha bezovta qilayotkandim"... ho'sh, habarni davomi qani, bezovta qilayotkaning ma'lum, dalshe chto...? ukajonim tars tars kerakli ma'lumotni taqdim qil, "akajon quyida ma'lumotlarnimni taqdim qildim, ma'qul bo'lsam suhbatga, keyinchalik sizni jamoada ishlash imkoniyatini qo'lga kiritsam faqat hursand bo'laman" - degin olam guliston...

- shu kabi kamchiliklar kamroq bo'lishi uchun, juniorlar uchun emas degandik...

P.S.
bu postni kimdurni kamsitish yoki ayibini oshkor qilish maqsadida emas, shunchaki shu turdagi hatolarni qilmasliklari uchun, kimgadur foydali bo'ladi degan umidda yozib qo'ydim, kamchiliklarni keyinchalik balkim to'ldirib borarman...
More from @dralgorithm
  1. Oct 5, 2026SI sabab .si ko‘tariladi AI ni SI ga o‘zgarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Shu vaqt…
  2. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  3. Sep 7, 2026photo post
  4. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  5. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  6. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →