TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #28 224

Forwarded from Muhammad Ali | Rasmiy Blog

Muhim bildirishnoma va e’lon!

Assalomu alaykum, azizlar! O'tgan bir yilda ko'plab insonlar kaminani o'zlari uchun kashf qilishdi. Men ham ko'pchilikni o'zim uchun kashf qildim.
Yaxshi-yomon kunlar bo'ldi. Yaxshi-yomon gaplar bo'ldi. Jim kuzatdim.

Xalqning e'tibori shu yigitda, auditoriyasi katta deb oldimda yaxshi gapirib, ortimdan g'iybat qilganlarni ham ko'rdim…

Uzoqda bo'lsa ham, achitib bo'lsada xatoimni mardlarcha aytganlarni ham ko'rdim. Jim kuzatdim.

Yoshlar juda tez mashhur bo'lishni istashadi. Yaqinlarim biladi, menda hecham bunday istak bo'lmagan. Chunki, shuhrat ofatdir, deb bilardim doim. Oilang, shaxsiy hayoting, ilm olishing uchun vaqting qisqarib boradi. Umring tadbir, ko'rsatuv va uchrashuvlar bilan o'ta boshlaydi.

Yuzlab odamlar sherikchilikda ishlashni taklif qilib boshlashi, kuniga minglab xabarlar kelishi, ochilish marosimlari sensiz o'tmasligi, sovg'alar va hokazo. Ba'zan birdan to'xtaging, o'zi qayoqqa qarab ketayapman, deging keladi…

Insoniyatga keltiradigan manfaatim ko'proq bo'lishi uchun bu yil butun e'tiborimni "Yuksalish" loyihasiga qaratmoqchiman.

Yaxshilab tizimlashtirib, xalqaro darajaga olib chiqish niyatim bor.
Diqqatimni bir joyga jamlash uchun trening o'tiladigan barcha jamoalar safidan chiqmoqchiman!

Dunyodagi eng qimmat narsamiz bu vaqt. Yoshlar bilan o'tkaziladigan uchrashuvlar judayam foydali deb bilaman. Lekin aksari joylarda deyarli bir xil savollar beriladi va achinarlisi bu savollarga javobni bemalol Google da topsa bo'lishi, vaqtimni behudaga sarflab qo'ymayapmanmi, degan xulosaga olib keldi. Ya'ni ilmiy ishlarimga ko'proq vaqt ajratishim jamiyatga ko'proq manfaat olib keladi degan qarorga keldim.

Shuning uchun turli tadbir, uchrashuv, ochilish marosimi, ko'rsatuv, intervyu va ayniqsa trening o'tib bering, deb bizni bezovta qilmasangiz!

Bizning suhbatimizni olmoqchi bo'lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlarda in shaa ALLOH foydali va ilmiy suhbatlarimizni joylab boramiz (yangicha formatda).

Shogird tushmoqchi bo'lganlar biz ro'yxatini bergan 100 kitobni (va @Asaxiybooks tarjima qilgan barcha kitoblarni) o'qib chiqishsin.

Xatolarimizni go'zal tarzda aytib, bizni yaxshilikka chaqirib, yomonlikdan qaytargan insonlarga ALLOHning rahmati bo’lsin!

E'tiboringiz uchun tashakkur!
Komoliy ehtirom ila

Muhammadali Eshonqulov
More from @dralgorithm
  1. Oct 8, 2026SI davri - qiziq Ajoyib zamonda yashavommiz. Kimdir SI dan qo‘rqadi, kimdir bosib ishlatmo…
  2. Oct 5, 2026SI sabab .si ko‘tariladi AI ni SI ga o‘zgarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Shu vaqt…
  3. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  4. Sep 7, 2026photo post
  5. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  6. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →