TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #241 190

Forwarded from Nuruddin Blogs

Google kompaniyasidan “Solution Challenge” tanloviga tayyorgarlik dasturi ishga tushirildi
IT Park va “GDG Toshkent” “Uzum” va Digital-operator Beeline Uzbekistan ko‘magida poytaxtimizda “Solution Challenge” tanloviga tayyorgarlik dasturini ishga tushirmoqda.

“Solution Challenge” – bu BMTning 17 Barqaror Rivojlanish Maqsadlaridan bir yoki bir nechtasiga muvofiq Google texnologiyalaridan foydalangan holda mahalliy muammoga yechim yaratish maqsadida Google tashabbusi bilan talabalar uchun har yili oʻtkazib kelinadigan tanlov.

Tayyorgarlik dasturi Oʻzbekiston loyihalariga butun dunyo boʻylab 10 ta eng yaxshi “Solution Challenge” final bosqichi ishtirokchilari qatoriga kirishga yordam berish uchun yoʻlga qoʻyilgan. U seminarlar, mentorlik va feedback sessiyalarini o'z ichiga oladi. Tadbirlar gibrid formatda o'tkaziladi.

Seminarlar Google kompaniyasi mutaxassislari tomonidan olib boriladi. Ularda spikerlar o‘z loyihalarida Google resurslaridan qanday foydalanish mumkinligi haqida batafsil ma’lumot beribgina qolmay, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob beradilar. Seminarlarda o‘tgan yilgi tanlovlar g‘oliblari ham ishtirok etadi.

Mentorlik sessiyalari ishtirokchilar uchun turli sohalardagi yetakchi mutaxassislarning qimmatli maslahatlarini tinglash orqali loyihalarni sayqallash, koʻnikmalarni rivojlantirish hamda yangi gʻoyalarga ega boʻlishdek noyob imkoniyat yaratadi.

Feedback sessiyalar esa loyihani sayqallash uchun kerakli fikr-mulohazalarni olishning ajoyib usuli hisoblanadi. Ushbu tadbir tayyorgarlik dasturining yakuniy bosqichi bo'lib, shundan so'ng tanlov uchun ro'yxatdan o'tish boshlanadi.

Tayyorgarlik dasturi doirasidagi tadbirlar fevral oyi oxirida start oladi. Ro‘yxatdan o‘tish orqali loyihalar ustida ishlashni bugundanoq boshlash imkoniyati mavjud. “Solution Challenge” uchun arizalar esa 2023-yil 17-martdan 31-martga qadar qabul qilinadi.

Dasturga quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish mumkin: https://forms.gle/7C9WvE2GtyCkhSeG6


@nuruddinblogs
More from @dralgorithm
  1. Oct 8, 2026SI davri - qiziq Ajoyib zamonda yashavommiz. Kimdir SI dan qo‘rqadi, kimdir bosib ishlatmo…
  2. Oct 5, 2026SI sabab .si ko‘tariladi AI ni SI ga o‘zgarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Shu vaqt…
  3. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  4. Sep 7, 2026photo post
  5. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  6. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →