TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #216 129

Forwarded from Khumoyun Codes

25

Kecha mana 25-yoshni ham qarshi oldik (Chorak asr 🥲). Shu sababli 15-25 yoshliklarga o’zimni kichik tajribamdan kelib chiqib quyidagi maslahat va fikrlar haqida o’ylab ko’rishni tavsiya qilaman.

1. Iymoningizni but qiling, ibodatda bo’lishni o’rganing. Qilgan xatolaringiz uchun tavba qilishni unutmang.
2. Qilgan xatolardan tog’ri xulosa chiqarishni va bo’lib o’tgan ishlardan faqat yaxshi dars va hotiralarni saqlab qoling.
3. Ota-ona va aka-ukalaringiz sizning eng yaxshi suyanchig’ingiz.
4. Do’st tanlashda adashmang! Sizni atrofingizdagilar sizni kimligingizni belgilab beradi, siz ham ularga qarab o’sasiz, ular ham sizga qarab o’sishadi. Menda eng omadim kelgan deb o’ylaydigan tomonlarimdan biri ham shu do’stlarim menimcha.
5. Yaqinlaringiz borligiga shukur qiling, lekin birinchi o’rinda Allohga, keyin o’zingizga tayanishni o’rganing.
6. Networkni kattalashtiring! Doim yoningizda bo’ladigan do’stlaringizdan tashqari, yaxshi hamfikr tanishlar ham sizga hardoim yordam beradi.
7. Har bir o'rganayotgan sohangizdan o'zingizga ustoz toping va uni hardoim hurmatini joyiga qo'ying.
8. Ingliz tilini o’rganing!
9. Consistency is the key of success!
10. O’zingizni hech qachon birovga solishtirmasdan o’zingizni ustingizda ishlashga odatlaning. Zo’rdan baribir zo’r chiqadi. Kechagidan yaxshiroq bo’lishga harakat qiling.
11. Harakat bo’lmasa, iqtidorni foydasi yo’q. Va aksincha, iqtidoringiz bo’lmasa ham siz birinchi bo’lishingiz mumkin. (Hard work beats the talent, when talent doesn’t work hard)
12. Birovni dilini og’ritmang, hamma narsa o’zingizga baribir qaytadi. Lekin “kekkayganga kekkaygin” prinsipi bo’yicha ish tutishni ham unutmang.
13. Orzu qiling lekin reallikdan chiqib ketmang!
14. Hayotda hamma narsa ham sizga bog’liq emas, ming harakat qilib o’lib tirilganingizni foydasi yo’q narsalar bilan to’ldirmang. Holatingizga shukur qilib voz kechishni o’rganing.
15. Yoqotilgan kun, bu yoqotilgan imkoniyatlar demakdir.
16. Vaqtingizni bekorchi narsalarga sarflamasdan tog’ri hordiq chiqarishga o’rganing.
17. Sog’lig’ingizga e’tibor bering. Yomon odatlardan uzoq bo’ling, sport bilan shug’illanishni boshlang.
18. Pul bu vosita, lekin ko’p pul ko’proq imkoniyatlar demakdir. Pulni tejashni va u bilan tog’ri muomila qilishni o’rganing. Daromadingizni bir qismini yig’ib qo’ying.
19. Moddiyatingiz yetarli bo’lsa, sayohatga chiqing.
20. Uzun postlardan qo’rmang, oxirgacha o’qishga odatlaning va oxirida like bosib qo’ying. Share qilsangiz yana yaxshi 😅

@khumoyun_codes
  • 👍 3
More from @dralgorithm
  1. Oct 8, 2026SI davri - qiziq Ajoyib zamonda yashavommiz. Kimdir SI dan qo‘rqadi, kimdir bosib ishlatmo…
  2. Oct 5, 2026SI sabab .si ko‘tariladi AI ni SI ga o‘zgarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Shu vaqt…
  3. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  4. Sep 7, 2026photo post
  5. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  6. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →