TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #212 235

Forwarded from IT Park Uzbekistan

"ICPC" dasturlash boʻyicha chempionat!

🇺🇿27-noyabr kuni O‘zbekistonda "ICPC" dasturlash chempionatining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tadi.

⌨️"ICPC" (International Collegiate Programming Contest) – bu algoritmik dasturlash boʻyicha xalqaro chempionat boʻlib, unda har yili sayyoramizning eng zoʻr aql sohiblari bellashadi.

🎯Chempionat
missiyasi – turli universitetlar talabalari o‘rtasida muloqot qilish imkoniyatlarini yaratish va akademik doiralar hamda IT sohasidagilarning e’tiborini dasturlash bo‘yicha mutaxassislarning yangi avlodiga jalb qilishdan iborat.

"ICPC" chempionatining Respublika bosqichi “IT Park Cup” shiori ostida o‘tkaziladi. Tadbir o‘tkazishning eksklyuziv huquqini "IT Park University" oldi. Chempionat "IT Park" va "UIC Group" tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.

G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar. Shuningdek, ular "ICPC" chempionatining keyingi bosqichi uchun tanlanadilar.

✔️ Chempionatda "ICPC" reglamentiga muvofiq faqat OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Mintaqaviy bosqichga quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin: https://icpc.global/private/teamRegistration

Telegram guruhi:
https://t.me/+XX9oqjfG8eo2YTRi
  • 👍 3
More from @dralgorithm
  1. Oct 8, 2026SI davri - qiziq Ajoyib zamonda yashavommiz. Kimdir SI dan qo‘rqadi, kimdir bosib ishlatmo…
  2. Oct 5, 2026SI sabab .si ko‘tariladi AI ni SI ga o‘zgarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Shu vaqt…
  3. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  4. Sep 7, 2026photo post
  5. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  6. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →