TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #149 281
UstozShogird Admin guruhga savol berishgan ekan. Aslidek ko`rsataman.

Assalomu alaykum bir meni din tomondan qiynab kelayotkan kasip bor shunga kim dindan kuchliroq bolsa yordam bervoringlar bu dasturlash deb ko'p urg'u berilyapti bu kasipda xarom yo'nalishi jinoyatchilikka aloqador ishlari ko'p ekan mana biz gʻarb yevropa davlatlari kuchli shu soxada rivojlanyapti deymiz xalol nma xarom nimaligini bilmaydiganlar ko'pku it soxasida o'tiribdi gʻarb bilan it soxada ishlashda chegara bo'lish kerak deyiladiku shunga bu soxani organishga vaqt sariflashni keragi bormi yoqmi oylab qolasan kishi misol uchun osha gʻarb deymizmi osha tomonlardan pul yutish oyinlari turli xil yoshu kattani vaqtini oladigon o'yinlar ishlab chiqilyapti oyin oynash diynimizda xarom deyiladiku to'g'rimi nmaga elon masklarni kofir deymiz qilgan ishlarini aytamiz uyam xarom birjalarni sotib oladi sotadi qaysi kasip demaylik xarom jinoyatchilikka aloqasi kop qaysi kasipni tanlay deb o'ylab qolasan kishi xa mayli deylik xalol yo'nalishlariyam bir deysak misol uchun o'zbekistonda davlat ishi ish o'rinlari juda kam bitta tashkilotka 1 ta dasturchi yetadi deyiladi aslida qolgan milyonta odam o'qiganlarlar ish izlab sarson bo'ladiku qaydanam bunga vaqt sariflabman deb undan ko'ra chet tilini o'zini organsam yetardi demaydimi deymanda shu xamma gapimga Abror domla izohlab aytib bersa yaxshi bo'lardi

Shu o`rinda, man ham o`z fikrimni yozib yubordim. Agar xatolarim bo`lsa, feedback larga tayyorman.

[In reply to @UstozShogirdAdminBot]
Assalomu alaykum, yaxshimisiz
1. dasturchilik kasbi xarom emas. Xarom loyihalarda qatnashsangiz ishingiz xarom bo`ladi.
Malalan, faqat kazino uchun dastur yozadiganlar bor. Ular uchun dasturchi bo`lib ishga kirsangiz, yani oldindan bilasiz xarom ish uchun kirayotganingizni, shunda siz etgan xarom holat bo`ladi.
Agar siz boshqa loyihalarga kirsangiz, muammo yo`q.
2. o`yinlar vaqt ketkazgani uchun, vaqtni isrof qilgani uchun mumkin emas. Lekin foydali o`yinlar ham ko`p. Masalan, Olim bola dasturini olib qarang, farzandlaringiz uchun ko`p foydali narsalar bor, bolangiz yangi narsalarni o`rganani, vaqtini bekor ketkazmaydi.
3. Davlat ishida bitta korxonaga bitta dasturchi yetarli emas. Komanda bo`lmasa, foydasi bo`lmaydi. Shu sababli ertaga dasturchi ko`chada qoladi deb o`ylayotgan bo`lsangiz unday emas. Ish doim topiladi, Alloh nasib qilsa. Rizq o`zidanku.
4. Eng asosiysi, siz o`zizga yoqqan kasb bilan shug`ullaning, kosiblik, duradgorlik, shifokor, o`qituvchi, temir ustasi, moshina ustasi, elektr ustasi... Ishlayotganizda o`zizga yo`qishi kerak, majburlab shu sohada bo`lishim kerak deb, ish o`rganilmaydi.
5. Abror domladan javob so`ragan ekansiz. lekin siz so`ragan savollaringizni javobini allaqachon ulamolarimiz berib bo`lishgan. Shunga internetda qidirsangiz topa olasiz.
Salomat bo`ling!

https://t.me/DrAlgorithm
  • 👍 6
More from @dralgorithm
  1. Oct 8, 2026SI davri - qiziq Ajoyib zamonda yashavommiz. Kimdir SI dan qo‘rqadi, kimdir bosib ishlatmo…
  2. Oct 5, 2026SI sabab .si ko‘tariladi AI ni SI ga o‘zgarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Shu vaqt…
  3. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  4. Sep 7, 2026photo post
  5. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  6. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →