TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #129 7.7K
Assalomu alaykum do`stlar!

Kecha GDG Tashkent tadbirida ishtirok etdim. Juda ko`p yangiliklar oldim.

Ko`pchilik o`ylaydi, borsammikan, nimadur o`rganarmikanman deb. Lekin qancha ko`p bilmang, yanada ko`p narsa bor ekanini ko`rasiz!

Qisqa qilib, tadbirda olgan yangiliklarimni aytib bermoqchiman:

1. Ro`yxatdan o`tishingiz bilan, INHA talabalari tomonidan tashkil etilgan o`yinlarni ko`rdim:
1.1 Sizga kod berishadi. Natijasi nima chiqishini ayta olsangiz, sizga olma 🍏, banan 🍌, mandarin 🍊kabi mevalardan birini berishadi.
1.2 Katta ekranga test tizimi ko`rsatib turishibdi, website orqali qo`shilsa bo`ladi, hammaga savol boradi. Ayni vaqtda televizorda ham savol ko`rinib turadi. Siz telefoningizda javob tanlaysiz. Sizga qaysi javob aslida to`g`ri ekanligi ko`rsatiladi. Ekranda esa nechta odam qaysi javobni tanlagani ko`rsatiladi. Oxirida eng ko`p topganga sovg`a bor ))

2. EPAM, Exadel kabi yangi kelgan xalqaro tashkilotlardan :iTechArt ni ko`rdim. Chiroyli stend tayyorlashibdi. Keyinroq Session da ham qatnashdim. Ingliz tilida bo`ldi. iOS app ni qayday qilib test qilish haqida bo`ldi. Manga yoqdi!!

3. Keynote speach larda juda foydali mavzular ko`tarildi. Ayniqsa ko`pchilikka oyiga rostakam $10,000 topish haqidagi mavzu yoqqan bo`lishi kerak )))) Bu infolo`ttibozlik emas, rosmana site qilib, shu darajaga olib chiqish. Va site katta emas. Sizning qo`lingizdan keladi.

4. AstanaHub !!! Ajoyib yangilik bo’ldi. Agar qiziqadiganlar bo`lsa, yana 3 kun vaqt bor. A'zo bo`lsa bo`ladi.

5. Tahrirchi.uz namoyishini ko`rib, bakalavr vaqtlarim esimga tushib ketdi. 20 yil oldin shu loyiha bilan shug`ullangan edim. Diplomim ham shu edi. Lekin bollarga qoil, neuro network yordamida qilishibdi. Bizga o`xshab, bittalab analiz qilib vaqt ketmazmay. Bu zo`r !!

6. MohirDev asoschisi Muhammad Xalil bilan suhbatlashdik. Rosa maroqli suhbat bo`ldi. O`ylaymanki birgalikda hamkorlik qilsak, xalqimiz uchun ko`p yangiliklar bo`ladi.

7. Obedni tashkillashtirishgani yoqdi. Esingizda bo`lsa, 2-yili GDG ga borganimizga barcha talabalar gurrr etib hotdog larga qarab yugurishgan edi. Bechora gapirib turgan speaker birnecha soniya jim bo`lib qolgandi. Yaxshi ancha talabalarimiz ham tarbiyalanib qolishibdi. Speakerlar gapini tugatgandan keyin yurishni boshlashdi ))
Paketga tayyor solingani juda yaxshi bo`libdi. Bittadan tarqatganda ko`proq vaqt ketar ekan. 👏 Qoil qoldim!!

8. Axrorxo`ja Yodgorovga rahmat. Juda sodda qilib MVC, MVP, MVVM, MVI larni tushuntirib berdi. Ko`p ko`rardim, ammo bilmasdim. Bilib olishga qiziqardim. Yarim soatda misollar bilan ko`rib, tushunib oldim. Rahmat katta!!

9. Bahodir Ahmedov va Sardor Gulyamov barakalla. Rostmana ko`rsatib berishdi qanaqa qilib boyib ketish mumkin ekanini.
Interactive game: Economic Modeling and How to Get Rich Fast
O`yinda ishtirok etdim.
9.1. Odamlarga falonchini top degansa qanaqa harakatlanishini ko`rsangiz edi....
9.2. O`yin natijasi zo`r bo`ldi. Qatnashganlar commentda aytishsa kerak...

Xulosa qilsak:
1. Offline tadbirlarga borib turing. Onlinedan ko`ra foydali.
2. Networking juda muhim narsa. Albatta borib, yangi tanishlar orttiring. Birovni oldiga borib, salom bering va o`zingizni tanishtirib, gaplashib ko`ring. Bundan uyalmang, ertaga afsus qilmaysiz.
3. Esingizda qolishi uchun bo`layotgan narsalarni ko`rib, yozib olib, hech bo`lmasa video yoki rasmga olib oling. Kerak bo`lganida topishingiz oson bo`ladi.

Rahmat kattakon!!

https://t.me/DrAlgorithm
  • 👍 13
  • 🔥 7
More from @dralgorithm
  1. Oct 8, 2026SI davri - qiziq Ajoyib zamonda yashavommiz. Kimdir SI dan qo‘rqadi, kimdir bosib ishlatmo…
  2. Oct 5, 2026SI sabab .si ko‘tariladi AI ni SI ga o‘zgarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Shu vaqt…
  3. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  4. Sep 7, 2026photo post
  5. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  6. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →