TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.61K subscribers
Post #1184 6.81K
Moliyaviy savodxonlik

Pulni Dollarda (US $) saqlasang yutqazmaysan.

degan ajoyib fikrlash bor bizda. Lekin buni xato ekanini ko‘pchilik bilmaydi.

Oddiy misollar bilan ko‘p tushuntirilgan. Shunga biroz boshqacha qilib aytib o‘tsam.

Har yili davlatlar iqtisodiyotiga qarab, ularning puli qadri tushadi. Avvallari USD $ va boshqa valyutalar 1%-2% inflatsiya bo‘lgani uchun, odamlar shu pulda saqlashni o‘ylashgan. Chunki o‘zining pul birligiga 15%-20% inflatsiya bo‘lgan.

Sizda 1,000,000 so‘m bor deylik. Bu pulga 10kg go‘sht beradi.
5 yil o‘tganidan keyin ham sizda 1,000,000 so‘m pul bor. Lekin endi unga 8kg go‘sht beradi.

Demak, resurs bilan solishtirsa, farqi seziladi.

Dollar $ da ham shunday. Faqat 5 yil emas 15 yilda shu farz seziladi. Lekin bu farq bor.

Bugun Ilon Mask (Elon Mask) 1 Trillion sohibi bo‘ldi deb e’lon qilindi (rasm).


Bu nima degani?

Kimdir boyib ketdi emas, pulning qadri shunchalik kamayib ketdi-ki. Endi bizga Milliard katta emas, endi Trillionda gaplashishimiz kerak, - degani.

Bu tanganing 2-tomoni.

Unda nima qilishim kerak?

* Arzon vaqtida o‘qish kerak. Pulni harakatga keltiradigan narsalarni o‘ylash kerak.
* Pulni tejash emas, uni ko‘proq ishlab topish usullarini o‘rganish kerak.
* Cheklangan resurs - Vaqt. Aynan shuni konstanta qilib, unga bog‘lik Pul va Bilimni oshirish kerak.

Bir Vatandoshimiz darslarida etganlaridek:
Quvvat (Energiya) = Vaqt * Pul * Bilim


Qaysi biri sizga kam bo‘lsa, shuni boshqasi yordamida sotib oling. Doim hammasi katta bo‘lishi kerak. Bittasi ko‘p bo‘lib, qolgani kichik bo‘lsa, quvvat (energiya) ham kam bo‘ladi.

* Vaqt ko‘pligida ilm olish, ko‘p ishlash kerak.
* Pul ko‘pligida kurs sotib olib, o‘qish va odam ishlatib, vaqtni tejash kerak.
* Bilim ko‘payganida esa, qaydan qilib Pul topish va Vaqtni tejashni fikrlash kerak.

Quvvatingiz ko‘p bo‘lsin.


Birovning muvaffaqiyatini o‘ylab, vaqtingizni ketkazmang. O‘zingiz ustingizda ishlang.

Dam olish kunlaringiz foydali o‘tsin!

12.06.2026 London
@DrAlgorithm
  • 👍 74
  • 🔥 25
  • ⚡ 10
  • 🤝 1
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →