O‘zbekistondan IT Park ham bu tadbirda qatnashmoqda.
Bugun London Tech Week 2026ga borish nasib qildi. Juda katta tadbir. Ajoyib tashkil qilingan.
Bizning Vatandoshlar ham ishtirok etishmoqda. Rasmda ko‘rganingizdek loyihalar bilan kelishgan.
Qaysi loyihani tanidingiz?
Katta zaldagi odaaamni ko‘rgan bo`lsangiz kerak.
AI Session shu yerda bo‘lmoqda.
Faqat Premium va Full access bilan kelganlar kira olar ekan. Bechora £100 ga chipta olganlar kira olmas ekan. Kamida £800 to‘lash kerak.
Lekin bizning UzTech UK (@UzTechUK) jamoasi a'zolari xuddi o‘zini uyida yurgandek, kirib-chiqib yurishibdi. Kelsangiz sizga ham o‘rgatamiz.
InfoSec tadbiriga qaraganda 4 bahoga arziydi. O‘ylaymanki kelajakda bular ham rivojlanishadi.
Londonda bo‘lsangiz albatta kirib o‘ting. Faqat ro‘yxatdan o‘tish esdan chiqmasin.
08.06.2026 London
@DrAlgorithm


