TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.61K subscribers
Post #1170 6.48K
Chala tizim = to‘liq tizim

Rahmatli domlam, Prof. Abdumajid Po‘latov, aytar edilar:

"Tizim to‘liq bo‘lishi uchun, uning har bir tashkil etuvchisi to‘liq bo‘lishi shart emas. Tashkil etuvchilarning har biri o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarsa yetarli."


Bittada tushunib olishim qiyin bo‘lgan. Keyin sinab ko‘rib, o‘zim uchun zo‘r dars qilib olgan edim. Keling shuni biroz batafsil aytib bersam:

Tizim to‘liq bo‘lishi uchun, uning har bitta tashkil etuvchi (komponentlari) to‘liq bo‘lishi shart emas.
- degani tizimda albatta bir necha tashkil etuvchi qismlari bo‘ladi. Shular har xil xususiyatga ega. Masalan, avtomobil uchun - g‘ildirak, rul, o‘rindiq va boshqalar kabi.

Tashkil etuvchilarning har biri o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarishi yetarli.
- demak har bir tashkil etuvchi qism, o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarsa bo‘ldi. Yana nimalarnidir bilishi bizga kerak emas aslida.

Boshqacha ham bo‘ladimi? - deb so‘rashingiz mumkin. Ha bo‘ladi! Yetmaganiga hayotda doim shunday.

Har bir tashkil etuvchi qism o‘zi vazifasini bajara olib, lekin boshqa vazifalarda oqsasa (70% foydali desak), shunda ham ularni to‘g‘ri qo‘yib chiqsa, umumiy tizim to‘liq va to‘g‘ri bo‘laveradi - mana shu joyda san’at boshlanadi.

Buni masalan jamoani boshqarishda ham ko‘rsa bo‘ladi.

Har bir dasturchi yoki har bir jamoa a’zosi har xil kayfiyatga ega, har xil bilimga ega, har xil tajribaga ega. Lekin team lead sifatida sizning vazifangiz - aynan o‘sha, ularning qila oladigan imkoniyatlarini to‘g‘ri hisobga olib, ularni to‘g‘ri joyga qo‘yib, ularni yaxshi tomonlarini umumiy ishga to‘g‘ri ishlata olishda.

Kimdir biror narsani yaxshi bilmasligi mumkin.


Masalan, bir dasturchi Frontend’da yaxshi kod yozadi, ammo Database’ni yaxshi bilmaydi. Yana kimdir deylik, Frontend’ni yaxshi bilmaydi - ahamiyati yo‘q. Siz qilayotgan ish vaqtida umumiy ishga bittasi faqat Backend’ni bilsa, uni Backend’ga qo‘yasiz. Faqat Database’ni yaxshi bilsa, Database bilan hisobotlarga qo‘yasiz. Agar yana biri Frontend’ni yaxshi bilsa, Frontend’ga qo‘yasiz.

Ya’ni, siz ko‘rib turganingizdek, hamma narsani zo‘r biladigan odamlarni yig‘ib olib ishlatayotganingiz yo‘q. Ayni bitta narsani zo‘r biladi, qolgan narsalardan xabari bor, xolos. Ana o‘shalarni ketma-ketligini to‘g‘ri qo‘yib olib, umumiy tizimingizni, umumiy ishingizni to‘g‘ri tashkillashtirgan bo‘lasiz.

SI modellari ham shunday.

Hamma narsani zo‘r biladigan model hali mavjud emas. Multimodel bo‘lgani bilan, alohida yig‘ilgan tizimlar ketma-ketligi sifatliroq va tezroq bo‘lishi kuzatilmoqda.

SI biznesga katta foyda berdi, dasturchilar ishini tezlashtirdi, jarayonlar tezlashdi, - deb eshitib olib, shatta bitta SIni olib, o‘zini ishiga tatbiq qilayotganlar ko‘p. Afsuski ular bitta SI bilan cheklanib, ishlarini orqaga tortishmoqda. Chala SI modellaridan to‘g‘ri foydalanish vaqti keldi, akalar.

Xulosam, post uzun bo‘lib ketdi, rozi bo‘lasiz.
- SIni ishlatish kerakmi?
- Ha.
- Bitta SI modelini olib, shuni o‘zini ishlatsam bo‘ladimi?
- Yo‘q.
- Biznesimga (ishimga) samara berish uchun nima qilay?
- SI modellari, turlari, nima uchun ishlatilishini o‘rganing. Boshqalar bilan siz tanlagan SI zo‘r ekanini bahslashmang. Taklif qiling, ularning fikrini eshiting.

Kuch birlikda.


Kelasi ish haftasini kuchga to‘lib, samarali va barakali boshlab oling.

07.06.2026 London
@DrAlgorithm
  • 👍 29
  • 💯 7
  • 🔥 1
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →