TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.61K subscribers
Post #1093 4.16K
Kitob o‘qish yetarli emas

Avvalgi maqolamda yozgan narsam, aynan faqat kitob o‘qish orqali bilimga ega bo‘lish haqida edi. Ammo shunday narsalar bor-ki, ularni kitobdan o‘rganib bo‘lmaydi.

Shunday narsalar bor yozib bo‘lmaydi,
Shunday narsalar bor o‘qib bo‘lmaydi,
Shunday narsalar bor aytib bo‘lmaydi,
Ularni faqat ko‘rish va amal qilish mumkin.


Ilmiy ish bilan shug‘ullangan olimlar biladi-ki, ko‘p ilm odamlari ko‘rganiga ishonadi. Shu sababli ulamolar bilan kelishmovchiliklari bor. Ammo eng qizig‘i, aynan o‘sha olimlar oxir-oqibatda ulamolar aytgan narsaga borib qoladi.

Ulamo amal qiladi, keyin ilmini o‘rganadi,
Olim avval o‘rganadi, keyin amal qilmoqchi bo‘ladi.


Bundan olgan natijam, bizga Ustoz-Shogird an’anamiz kerak ekan.

Inson ustozdan o‘rgansa manfaatli bo‘ladi ekan.
Demak farzandlarimiz uchun yaxshi ustoz topishimiz kerak.

👨‍🏫 Ustozlar, sizlar bilan esa, yangi ustoz bo‘ladigan shogirdlar chiqarishimiz kerak ekan.

Harakat qilish vaqti keldi...

19.03.2026 London
@DrAlgorithm
  • 🔥 37
  • 👍 11
  • ⚡ 7
  • 😁 1
  • 💯 1
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →