O‘tgan hafta zo‘r darsga bordim. O‘zimdan aqlli insonlar bilan ko‘rishish baxtiga muyassar bo‘ldim. Alhm.
Mavzular orasida ta’lim, ayniqsa qiz farzand ta’limi haqida suhbat bo‘ldi. Olgan xulosam:
Qiz farzandni o‘qitish kerak emas,
Uni Zo‘r o‘qitish kerak ekan.
Otamisiz, nima qilsangiz qiling, lekin qiz farzandingizni zo‘r o‘qiting. O‘ylab qarasam:
* Maktabga borib kelishi
* Universitetga kirishi
* Pishiriq kursiga borishi
yetarli emas ekan.
* Aniq fanlardan dars olib berish
* Fan olimpiadalarida qatnashtirish
* Raqs yoki Sport bilan shug‘ullantirishi
* Sizning kasbingizdan xabardor bo‘lishi, kerak bo‘lsa birga ishxonangizga olib borish
shart ekan.
Hurmatli hamkasbim, otalar. Qizlarimizni o‘qitaylik. Ertaga ishlamasa ham, uyda o‘tirib sizning nevaralaringizni tarbiyalasa ham, Zo‘r o‘qigan bo‘lsin!
Kuningiz barakotli bo‘lsin!
27.01.2026 London
@DrAlgorithm
