https://t.me/milliymatematikauz/6715
Milliy universitet men uchun katta maktab bo‘lgan. O‘qib yurganimizda Mirsaid aka Aripov kafedra mudiri edilar. Bizga dars bermagan bo‘lsalar ham ham talabalik davrida ham dars berganimda ko‘p hamkorlik qilganmiz.
1 kurs vaqtimizda elektron lug‘at qilingan edi. 2GB lik katta kutubxonalari bor edi. Hozirgi o‘lchamda 2GB katta bo‘lmasligi mumkin, lekin matn shaklidagi kitob 30-40KB atrofida bo‘ladi. Kitoblarni internetdan topish va yuklab olish uchun 2 yildan ko‘p vaqtlari ketgan edi.
Domla juda ko‘p kitob chiqarganlar. AT atamalar lug‘atidan tortib, yangi chiqqan texnologiyalarning kitoblarini tarjima qilishgacha. Ularning kitoblaridan o‘rganib, AT sohalariga kirib kelganlar juda ko‘p.
Madaniyat va ma’rifat kanali juda yaxshi intervyu tayyorlashibdi. Eshitib eski vaqtlarga sayohat qilgandek bo‘ldim.
Domla yoshlari katta bo‘lsa ham (umrlari uzun bo‘lsin) zamondan ancha oldinda yurishga harakat qiladilar. SIdan foydalanib kod yozishni o‘ylab o‘tirilgan bir vaqtda, SI yordamida yangi yechimlar qilayotganlarini ko‘rib hayron qoldim.
Vaqtingiz bo‘lsa, bir suhbatlarini eshitib ko‘ring.
P.S. Videoda yana ko‘p domlalar bor. Balki sizga ustozlik qilgan domlalarni ham ko‘rib qolasiz.
08.01.2026 London
@DrAlgorithm
Post #1061
3.09K
Telegram Ўзбекистон Математиклари
- 👍 16
- 🔥 6
- 🏆 4