TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.61K subscribers
Post #1060 3.29K
Rahbar ishni bajaruvchi emas

Kecha qo‘limga 8 yil CTO bo‘lib ishlagan odamning maslahatlari podkasti tushib qoldi.

Bitta aytgan gapi qiziq tuyuldi.


- Sen bajaruvchi emassan, san ishni qilish bilan band bo‘lishing kerak emas, - deydi u.
- Sening vazifang kelajakka qarash. Kelishi mumkin xavflarni oldini olish, - deganida o‘ylab qoldim. Nimaga asoslanib bunday dedi?
- Ishni bajarishni dasturchilarga qo‘yib ber. O‘zing esa yasalayotgan tizim biznesga qanday ta’sir qilishini, ertaga biror muammo chiqmasligini, agar chiqish xavfi bor bo‘lsa, oldini olib tizim yasashni o‘ylashing kerak.

Bugun bilan emas, kelajak bilan yashashing kerak.


Gapini tahlil qilib ko‘rdim. Odatda tizim yasash, dastur yozish desa kodga kirib ketamiz. Hujjat tayyorlash kerak, deyilsa, keyinroqqa qoldiramiz. Avval kod yozib olay, keyin hujjat yozaman deymiz. Vaholanki ha hujjat yoziladi na test ssenariy.

Phoenix Projectda ajoyib holat keltirilgan.

Xodimni ishga olishmoqda. Suhbat (intervyu)davomida CTO jadval to‘ldirmoqda. Jadvalda quyidagi ustunlar bor:
1. Foyda berish o‘lchovlari.
2. AT tizimlarga hissasi.
3. ATga aloqador biznes xavf.
4. AT nazorat usullari.

Shu yerda biznesga ta’sir qiladigan AT tizimlar haqida bo‘lim bor. U yerga:
- Tizim to‘g‘ri hisobot bermaydi, chunki kiruvchi ma’lumotlar doim ham toza emas. (Manual editing)
- Mijoz ismini, rasmini, o‘ronini o‘zgartira olmaydi. (Tahrirlash qo‘shilmagan)
- Savdo bo‘limi mijoz harakatlarini ko‘ra olmaydi.

Bu kabi kamchiliklar ko‘p tizimlarda bor. Eng qizig‘i, kitobda ham shundan keladi, biz biznesga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiladigan narsalarga qattiq e’tibor beramiz. Moliya, savdo tushishi, mijoz qaytib ketishi, lekin dasturni to‘g‘rilab qo‘yishni keyinga qoldiramiz.

Demak "AT sababli biznesga ta’sir qiladigan xavf" emas ekan bu ham "Biznes xavfi" ekan deb.


Demak

Biz tizimni ishlab chiqish ketma-ketligimizni qayta ko‘rib chiqishimiz kerak. AT rahbarlarning vazifalari tizimning oxirini nima bo‘lishi, ko‘cha tugayotganda qayerga burilish kerak ekanini hal qilishini o‘ylash. Dasturni mukammallashtirish, toza kod yozish, dasturchilariga aql o‘rgatish emas ekan.

Moshina poygasida ham haydovni qanday haydashni biladi, yonidagi odam qayerga haydashni etib turadi.


Fikrimda kamchiliklar bo‘lsa, to‘ldiring. Izohlarda yozib qoldirsangiz bo‘ladi. Birga o‘samiz.

08.01.2026 London
@DrAlgorithm
  • 🔥 29
  • 👍 10
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →