TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #1050 3.3K
Eng yaxshisi bo‘l

Kitob o‘qiyotgan edim, Douglas Mallochning "Be the Best of Whatever You Are" asari misol keltirilgan ekan.

Nima kasb tanlasang ham uning eng mukammal ustasi bo‘l, - degan mazmun bor unda.


Mandan ko‘p so‘rashadi, backend o‘rganaymi, frontend o‘rganaymi yoki nima tavsiya qilasiz deb. Manga qolsa, QA bo‘ling, lekin o‘zingizga yoqsin, - der edim.
Endi yana bir hislat qo‘shildi:

Qaysi kasb egasi bo‘lgansiz ham kasbingiz sizga yoqsin va shu kasbning eng zo‘r ustasi bo‘ling.


Aslida ham o‘ylab ko‘ring, hammamiz ham oshpaz, novvoy, sartarosh, hisobchi, huquqshunos, uchuvchi, o‘qituvchi yoki muhandis bo‘la olmaymiz. Har bir kasbning o‘rni bor. Har bir kasbning egasi bo‘lishi kerak. Mukammal egasi - ustasi.

Bizga berilgan his bor, unga ko‘ra bizga nimadir yoqadi, nimanidir xohlamaymiz. Shunda qarab ilm olishga intilamiz. O‘zimizga yoqadigan ilmni bilimga aylantiramiz.

Asosiysi, menga yoqmadi deb ilm olishdan to‘xtab qolmaslik. Ilm olish sizning iqtidoringizni ochadi, mehnat esa sizni kasbingiz ustasi qiladi.

Shunda ekan, harakatda to‘xtamang va birovga o‘zingizni solishtirmang. Siz bizga keraksiz, kasbingiz bilan yanada ko‘proq....


Asarning aslini va SI yordamidagi tarjimasini yozib qoldiraman.

~~~

Be the Best of Whatever You Are

~ Douglas Malloch

If you can’t be a pine on the top of the hill,
Be a scrub in the valley — but be
The best little scrub by the side of the rill;
Be a bush if you can’t be a tree.

If you can’t be a bush be a bit of the grass,
And some highway happier make;
If you can’t be a muskie then just be a bass —
But the liveliest bass in the lake!

We can’t all be captains, we’ve got to be crew,
There’s something for all of us here,
There’s big work to do, and there’s lesser to do,
And the task you must do is the near.

If you can’t be a highway then just be a trail,
If you can’t be the sun be a star;
It isn’t by size that you win or you fail —
Be the best of whatever you are!


~~~

Kim Bo'lsang Ham, Eng Yaxshisi Bo'l
~ Douglas Malloch

Cho‘qqida qarag‘ay bo‘lolmasang gar,
Vodiyda kichik bir buta bo‘la qol.
Jilg‘a bo‘yidagi eng ko‘rkam, dilbar —
Daraxt bo‘lolmasang, buta bo‘lib qol.

Buta bo‘lolmasang, mayli, maysa bo‘l,
Yo‘lovchi ko‘zini quvnatib yasha.
Katta baliq emas, oddiy baliq bo‘l,
Lekin eng chaqqoni bo‘l albat o‘sha!

Barchamiz kapitan bo‘la olmaymiz,
Oddiy dengizchi ham bo‘lmog‘imiz shart.
Bajarish kerakdir katta-kichik ish,
Qarshingdagi ishga ko‘rsatgil g‘ayrat.

Katta yo‘l bo‘lmasang, so‘qmoq bo‘la qol,
Quyosh bo‘lolmasang, yulduz kabi yon.
Yutuq o‘lchanmaydi kattalik bilan,
Kim bo‘lsang ham, bo‘lgil eng yaxshi inson!


~~~

Dam olish kunlaringiz maroqli o‘tsin!

03.01.2026 London
@DrAlgorithm
  • 👍 32
  • 🔥 7
  • 👏 4
  • ⚡ 2
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →