TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #1039 8.84K
❌ P2P - Kartadan kartaga o‘tkazish xavfli

Karta raqamingiz nechchi?


Bu savolni ko‘p marotaba eshitganmiz. Bir-birimizga pul yuborishda va hatto do‘konda to‘lov qilishda.

Pul sizniki, uni boshqa odamga yuborish ham sizning haqqingiz.


Ammo shu qulaylikni suiiste’mol qiladigan odamlar ham usullar ham ko‘p.

- Do‘stingizdan narsa sotib oldingiz. pulini kartadan yuborasiz.
- Do‘kondan narsa oldik. Terminal orqali emas kartdan kartaga tashlab beramiz.
- Telegramda guruh ochib, uydan turib mahsulot sotamiz. Pulini kartamizga tashlatamiz.
- Ijara puli ham kartaga tashlanadi.

Umuman olganda bu 4 tasidan faqat 2 tasi to‘g‘ri. Qiziq, nima uchun ekan?

~~~

Tasavvur qiling - o‘qituvchi. Har kuni maktabga boradi, dars beradi, maktabning ozodaligiga qaraydi, o‘quvchilarning uyiga yetib olganini nazorat qiladi. Uyiga charchab kelib, bollariga vaqt ajratadi. Boshqa narsa qilishga vaqti yo‘q.

Oy boshida bu o‘qituvchi oylik oladi va oyligidan soliq undirilgan bo‘ladi.


Soliq davlatga tushganidan keyin turli sohalarga ishlatiladi. Yo‘l, maktab, shifoxonalar, bog‘ va fontanlar quriladi. Ijtimoiy dasturlar ishlab chiqiladi. Odamlar yaxshi yashashi uchun harakat qilinadi.

Endi esa, chetdan mol olib kelib, pulni kartaga tashlab tijorat qilayotgan odamni olaylik. P2P - kartadan kartaga tashlagani uchun uning pul harakati ko‘rinmaydi. Soliq to‘lamaydi. Lekin...

Hamma qatori yo‘ldan mashinasida yuradi, farzandi maktabga o‘qiydi, tekinga shifoxonadan foydalanadi, bog‘da sayt qiladi va issiqda fontan tagida o‘tiradi.

🙌

~~~

Maqolamdan niyat soliq haqida gapirish emas. P2P haqida.

Kartaga pul yuborish vaqtida 2 ta katta muammo bor:
1. Karta raqamini kiritishimiz bilan egasining ismi chiqib keladi.
2. Nima uchun pul yuborganimizni yozmaymiz.

Bir vaqtlar qiziqishga karta raqamlarini ketma-ket kiritib ko‘rib, odamlarning ismlari va karta raqamlarini bilib ko‘rgan edim. Bu yaxshi emas.

- Bu uning shaxsiy ma’lumoti. Karta raqami kiritib, ismini yozsam, tizim HA yoki YO‘Q desa, bu tushunarli, lekin o‘zi sotqinlik qilsa...
- Barcha karta raqamlari va ismlarni yig‘ib, boshqa maqsadlarda ishlatish va sotishim mumkin...

Endi asosiy mavzuga keldik. REFERENCE

Pul yuborishda O‘tkazma Maqsadi (Reference) kiritish kerak.


Shunda odamlar nima uchun pul yuborayotganini yoza oladi.
- Invoice raqami.
- Ijara muddati
- Do‘stining ismi
- Choyxona nomi va kuni.....

Chet davlatlarda aynan shu Reference orqali to‘lov maqsadli yoki o‘g‘rincha ekani aniqlanadi. Agar siz "Do‘stimga", "Oilamga" deb yuborsangiz, - bu kundalik yumush. Agar "Ijara Dekabr", "Do‘kon falonchi", "Sartarosh" kabi so‘zlarni ishlatsangiz, - demak siz biror xizmat yoki mahsulot uchun to‘lov qilmoqdasiz.

Reference (o‘tkazma maqsadi) maydoniga kiritilgan so‘z tufayli bank hisobingizni yopib qo‘yishlari mumkin.


Yangiliklarda bir necha yildan beri "Kartaga o‘tkazmalarni nazoratga olamiz" deb harakat qilishmoqda. Bu salbiy muhokamalarga olib kelmoqda. Shuni bosqichma-bosqich qilish kerak.

Boshlanishiga "To‘lov maqsadi" yozishni kiritish kerak.


Keyin esa, shu maydonga yozgan narsani orqali tekshiruv qilsak, har ikkala tomon ham haq/nohaq ekani ayon bo‘ladi.

🥇

~~~

Bir kuni pul yuborish vaqtida to‘lov maqsadi (reference) maydoniga "Dacha" deb yozgan edim, bank to‘lovimni to‘xtatib qo‘ydi. Hayron bo‘ldim. Choyxonaga pul tashlashayotgan edim, yetib bormadi. Ertasiga xat keldi, "Siz Ukrainaning Dacha qishlog‘iga nima aloqangiz bor?" - deb. Keyin o‘zimizning .uz saylaridan dacha dam olish joyi ekanini tushuntirib, yozvordim. To‘lov o‘tib ketdi.

~~~

Bu maqola O‘zbekiston plastik kartalariga bag‘ishlangan. Boshqa davlatlarda plastik karta tizimlari farq qilishi mumkin.

24.12.2025 London
@DrAlgorithm
  • 💯 49
  • 🔥 23
  • 👍 14
  • 👎 6
  • 😁 2
  • 🤔 1
  • 🕊 1
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →