TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #1034 3.75K
Tashakkurnoma

Kanal a'zolariga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.


Oxirgi maqolam rekord daraja (140+) ulashish (share) toʻpladi. Bu kanal yuritadigan muallif uchun juda quvonarli. Yangi maqola yozish, sifatini oshirish uchun izlanish, doimiy yozish uchun intizom qilishga kuch bagʻishlaydi.

Maqolani oʻz kanaliga ulashgan mualliflarga va doʻstlariga shaxsiydan ulashganlarga tashakkur aytaman.


Izohlarda juda yaxshi savollar berildi. Javobini alohida maqola qilib yozib berishni reja qildim. FinTech sohasida qilishimiz kerak boʻlgan ishlar koʻp. Savol berib bir birimiz bilan fikr almashsak kimdir shu oʻzgarishlarni amalga oshirishiga sababchi boʻlarmiz. Nasib...

Shu kunlarda veb Blog yuritish ham bizda rivojlanib qoldi. Hafta davomida yangi 2 ta blog bilan tanishdim. Hatto mualliflarni yigʻadigan agregator saytlar ham safga qaytmoqda.

Blog saytlar koʻp boʻlishi kerak.


Mualliflar ham koʻpayadi. Maqollar sifati oshadi. Oʻquvchilar uchun tanlash imkoni paydo boʻladi.

Har bir muallif oʻzining uslubida yozadi. Bitta mavzu turli talqinda yoziladi. Oʻquvchi ham shunday. Biror muallif yozish uslubi yoqsa oʻqib boradi. Yengil hazm qiladi.

Bu xabarlarni oʻqib, hursand boʻldim.


Yangi kanal va blog ochayotgan mualliflarning ishlariga rivoj tilayman. Oʻzbek tilida ma'lumot koʻpayishiga yordamingiz va hissangiz uchun tashakkur.

Dam olish kunlaringiz maroqli va mazmunli oʻtsin.

13.12.2025 London
@DrAlgorithm
  • 👍 59
  • ⚡ 9
  • 🕊 3
  • 🔥 2
  • 👾 1
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →