Ajoyib loyiha topib oldim. Olimlar SI taqdirini bashorat qilishar, vaqt o‘tishi bilan ro‘yobga chiqishini kuzatishar ekan.
👉 https://ai-2027.com/
Daniel Kokotajlo, Scott Alexander, Thomas Larsen, Eli Lifland, Romeo Dean tomonidan tashkil etilgan sayt ekan.
Biz AI kelajagini bashorat qiluvchi yangi notijorat tashkilotmiz. Biz ushbu veb-saytni Lightcone Infrastructure bilan hamkorlikda yaratdik.
deyiladi veb sahifada.
O‘qib ko‘rdim, juda ajoyib bashoratlar yozilgan ekan:
* 2025 yil oxiri: Dunyodagi eng qimmat AI
* 2026 yil o‘rtalari: Xitoy uyg‘ondi
* 2027 yil Yanvar: Agent-2 hech qachon o‘rganishni tugatmaydi
* 2027 yil Fevral: Xitoy agent-2ni o‘g‘irladi
* 2027 yil May: Milliy xavfsizlik
bularni o‘qib, qayerga ketayotganimizni o‘ylab qoladi kishi.
Nima bo‘lsa ham yaxshilikka bo‘lsin.
Siz ham bashoratlarni o‘qib ko‘ring. Sizga ham shunday bashoratlar aqlingizga kelganmi?
Izohlarda ulashamiz.
10.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
