TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #1028 3.11K
DevFest++

Yana bir yil.


O‘zbekiston AT olamidagi katta tadbir DevFest ham o‘tdi.
* Qiziqarli mavzular
* Yangi taqdimotchilar
* Ko‘rgazmada yangi ishtirokchilar
* Tanish-bilish (Networking)

Mavzular juda sifatli tayyorlangan. Hozirgi davrda dolzarb mavzular. Eshitib o‘tirib, mavzuning ichiga kirib ketasiz. Yoningizda kimdir savol bergan bo‘lsa eshitmay qolishingiz mumkin.

Juda ko‘p yaxshi insonlar

Do‘stlar davrasiga kirganda odam har biri bilan qo‘l berib ko‘rishadi. Bu kun menda ham shu his bo‘ldi, 30-50 kishi bilan qo‘l berib ko‘rishdim. Balki yana ko‘proq. Ertaga katta odam bo‘lib ketishadi, nevaralarimga aytib yuraman:

Shu odam bilan qo‘l berib ko‘rishganman, - deb.


2021 ni esladim. Ataylab 1.5 soat Networking uchun vaqt ajratilgan edi. 1 dona odam kelib:

- Aka, ismiz nima? Man Falonchi, dizayn sohasiga qiziqaman. Sizda ishlar bo‘lsa, intern bo‘la olaman. Telefonimni yozib oling, - degan edi.

Bu 4 yilda farq juda katta.

Yosh dasturchilar, hamkasblar, xalqaro korxona xodimlari, kursdoshlar, ustozlar, shogirdlar, shogirdlarning shogirdlari, shogirdlarning shogirdlarining shogirdlari... kanal tufayli ustoz tutganlar... 🤯 (welcome mas'uliyat++)

Og‘a aytganlaridek: "Buning hisi boshqacha"


StartUp

Yoshlarimiz StartUp vibe’iga kirishib ketishibdi. Avvallari ATga kirish uchun qaysi kursga borishni so‘rashar edi.

Hozir esa Falon ish boshlamoqchiman piston qilsa bo‘ladimi? Kabi aniq savollar bilan kelishdi.

Juda xursand bo‘ldim.


Ta’limga qiziqqan yoshlar bilan gaplashdim

Data science qayerda o‘qisam bo‘ladi?

degan savol bergan ham bo‘ldi.
Ta’limga oid loyiga qilayotgan ham.

Qo‘ldan kelganicha fikrlarimni aytdim.


Chet el ta’lim tizimini o‘rganish va bizga tatbiq etish bo‘yicha ancha ishlar qilinibdi. Rosa fikr almashdik. Agar sizga ham Angliya ta’limiga doim ma’lumot kerak bo‘lsa ayting, imkon borida yordam qilaman.

Selfi

Deepfake rivojlangan davrda maza qilib rasmga tushdim. Afsus u rasmlar menda emas. Egalari balki tashlab berishar.

Agar siz bilan rasmga tushgan bo‘lsam izohda yoki kanaldagi shaxsiydan yozib yuboring.


Rasmlarni to‘plab qo‘ymoqchiman. Keyin eslab yuramiz.

Tabdir juda zo‘r ruhda o‘tdi. O‘tgan yili kela olmaganimni ham chiqarib oldim.


Sizda qanday bo‘ldi? Izohlarda bo‘lishing.

07.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
  • 🔥 28
  • ⚡ 6
  • 👍 3
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →