#FidoyiUstozlar
Dars tahlil qildik.
Ba’zan ustozning fidoyiligini anglash uchun uning mukofotlariga emas, darsiga qarash kifoya.
😊 Dars tahliliga kirdik... va bir darsning o‘zidayoq ustozga bo‘lgan hurmatimiz yanada oshdi.
Kontent markazining "Fidoyi ustozlar" loyihasi doirasida bu gal Olmazor tumanidagi 243-maktab o‘qituvchisi Nigoraxon Sattorova bilan tanishdik.
Nigoraxon ustoz haqida loyihamizga maktab direktori, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Ziroatxon Komilova opa tavsiya yuborgan edilar. Direktorlarini o‘quvchilar qanchalik o‘z onalaridrk sevishini ham guvohi bo‘ldim. Ustoz bilan yaqindan tanishish, dars jarayonini kuzatish va o‘quvchilari bilan muloqotini ko‘rish uchun maktabga tashrif buyurdik.
Va bizni haqiqiy dars kutib turardi! 🎥
O‘quvchilar bilan samimiy muloqot, jo‘shqin energiya, o‘ziga xos yondashuv va yuksak pedagogik mahorat... Nigoraxon ustozning har bir harakatida kasbiga bo‘lgan mehr sezilib turardi. Aytishlaricha, u kishi har bir darsini shu ruhda o‘tar ekanlar.
Fidoyilikni faqat orden va medallar bilan o‘lchab bo‘lmaydi.
Ba’zan uning eng katta isboti — o‘quvchilarning ko‘zidagi qiziqish, darsdagi faollik va ustozning o‘z ishidan zavq olib ishlashidir.
Nigoraxon ustozning darsini videoga oldik. Imkon qadar qisqartirihga harakat qildim, lekin dars shu qadar mazmunli va energiyaga boy ediki, ko‘p qismlarini olib tashlashga ko‘zm qiymadi. 😊
Shuning uchun sizlarga ham bu darsni imkon qadar to‘liqroq taqdim etmoqchiman. Shoshilmay, erinmay oxirigacha ko‘ring. Balki siz ham ustozlik kasbiga boshqacha nigoh bilan qararsiz.
🎬 Nigoraxon Sattorovaning darsidan lavhani ko‘rish uchun shunga bosing
📩 Siz ham atrofingizdagi fidoyi ustozlarni taniysizmi?
Ular haqida bizga yozing. Ularning mehnati, samimiyati va o‘quvchilar hayotidagi o‘rni keng jamoatchilikka namoyon bo‘lishiga hissa qo‘shing.
Balki siz uchun oddiy ustoz bo‘lib ko‘ringan inson minglab o‘quvchilar taqdirida unutilmas iz qoldirayotgandir.
Fidoyi ustozlar haqidagi ma’lumotlarni @fidoyibot manziliga yuboring. Biz ularni butun O‘zbekistonga tanitishga harakat qilamiz! 🇺🇿❤️
@domlajon
t.me/domlajon
Post #14482
3.85K



- 👍 23
- ❤ 8