Juda qiziq.
O‘zi bir hafta 3 kishining surati tinmasdan aylanganida olomon effektiga qo‘shilmay kuzatishni tavsiya qilgan edim o‘rtoqlarga. Chunki bu taxminlar qayerdan, kim tomonidan bildirilganini bilmas edik, bu esa shubhali, bunday paytda axborotga och odamlar ozgina mish-mishni tagi bo‘lmasa ham ikki karra shishirib bir-biriga yetkazishi aniq edi. Bu bo‘yicha "sariq matbuot" kanallarimiz baraka topishsin, katta xizmat qilib berdilar, hammasi bir-biridan urra solib bitta manbaasi yo‘q xabarni tarqatishdi. Nomzodlar zo‘r tanlangan edi, hech kim eʼtiroz bildirilmaydigan darajada tanlangan edi, tan olaylik.
Lekin voqealar mutlaqo kutilmagan nomzod chiqib kelishini kutayotgan edim. To‘g‘risi Markazdan izlagan edim nomzodlarni. Lekin Turdimov varianti hech kimning, xatto Sirdaryoyu Samarqandliklarning ham xayoliga kelmagan edi.
So‘ngi oylarda taʼlim haqida matbuotda chiqishlari zamirida shu reja bo‘lganmi-bo‘lmaganmi, qorong‘u. Lekin agarda vazir qilib tayinlansa yilning eng kutilmagan tayinlovi bo‘ladi.
Qizig‘i, bu tayinlov mabodo bo‘lsa, bu tayinlov qanchalik o‘zgarishga sabab bo‘lishini taʼlim ekspertlari ham taxmin qilolmaydigan holat. Ulkan boshqaruv tajribasi, lekin taʼlimda ishlamagan rahbar.
Lekin bilasizmi bunday taʼlimda ishlamagan odamlarni vazir qilinishi yangilik emas, taʼlim vazirlari ichida ko‘p ko‘rganmiz lekin. Menejerlik salohiyatga bog‘liq asosan. Shuning uchun yuqoridagi gapni 2-qismini istisno sifatida qabul qilsak bo‘ladi.
Bu, hammasi shunchaki Erkinjon Turdimovning vazir lavozimi bo‘sh paytda to‘satdan ishdan olingandangi mabodo, degan taxminiy qarashlarim, hali hech bir maʼlumot aniq emas, rasmiy xabarlarni kuzatishda davom etamiz.
@domlajon
t.me/domlajon
Post #14472
3.91K