Texnika universiteti sharmandali ish qilibdi, 300 talaba ko‘chaga haydalibdi, deyilmoqda xabarlarda.
Bu yerda hech qanday manfaat, hech bir bahona va hujjatlar yo‘qligi talabani ko‘chaga haydash uchun sabab bo‘lishi mumkin emas!
Talaba — yoshlar katta porox kabi bo‘ladi, ularga 1 ta gap kam, 2 ta gap ortiqcha, doim o‘rtaliqni topib gaplashish kerak. Qanday qilib bular bir emas, o‘n emas, 300 talaba bilan bunday tavakkalga borgan, daxshat.
Ho‘p xujjati yo‘q bo‘lsa nega shu yotoqxonaga joylashtirilgan, 1 oy o‘tdiku?
Umuman, hujjati bo‘lmagan yotoqxona bo‘lsa ham undan talabani chiqarar ekansan, buni bosqichma bosqich chiqarish mumkin edi. Tashkilot o‘z mijozining xavfsizligi uchun javobgar davlat tashkiloti sifatida bu talabalarni boshqa yotoqxonaga yoki o‘z yonidan pul to‘lab, o‘zi topib berib xo‘jalikka ijara uylariga joylashtirishi kerak edi. Afsuski, ular butunlay g‘ayriinsoniy osongina yo‘ldan ketgan, shunday buyruq bilan ko‘chaga chiqarib tashlamoqda. Achinarlisi, orasida bular qizlar ham bo‘lgan. Vazir yo‘qligi bahonamas, bu toza universitet rahbariyati vakolatidagi ish edi. Juda noprofessional ish, xullas.
@domlajon
t.me/domlajon
Post #14463
3.59K
- 👍 22
- 💯 13
- ❤ 7