TGViewer
Doctor Feruz Doctor Feruz @doctorferuz · 37K subscribers
Post #3473 21K
Ongli Ozish dasturi bugun tarixga aylanadi...

Bugun Ongli Ozish loyihasi 4 yoshga to‘ldi va aynan bugun bu loyihani rasman yopdik.

To‘g‘ri o‘qidingiz, Ongli Ozish kursi yopildi.

Hozir kursda o‘qiyotganlar xavotir olmasin. Boshlaganlarimiz bilan va’damizdek oxirigacha yetkazamiz.

Lekin bundan keyin Ongli Ozish nomi bilan yangi qabul bo‘lmaydi.

Shu kungacha 13 396 kishi dasturimizda qatnashibdi.

Biz ularni “o‘quvchi” deb atagan bo‘lsakda, lekin hech qachon shunchaki o‘quvchi deb qaramadik. Jamoamiz bilan ularning har birini o‘z yaqinimizdek ko‘rdik.

Har biriga foydamiz tegishi uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qildik.

Xatolarimiz ham bo‘ldi. Buni yashirmayman.

Ongli Ozishda o‘qiganlarga bir gap aytmoqchiman: mendan sizlar qancha o‘rgandingiz bilmayman. Men sizlardan judayam ko‘p narsa o‘rgandim. Buning uchun rahmat.

Bu ishni yolg‘iz qilmaganman.

Shu to‘rt yil davomida o‘quvchilar bilan bevosita 68 ta kurator ishladi. Media jamoasida 20 tadan ortiq, menejerlar jamoasida esa 100 tadan ortiq inson mehnat qildi.

Ular bo‘lmaganida bu ishlarning birortasini amalga oshira olmasdik.

Har biringizga alohida rahmat!

To‘rt yillik loyihani nega aynan hozir yopdik?

Sababini keyinroq aytaman.

@doctorferuz
  • 🔥 261
  • ❤ 93
  • 👍 44
  • 😁 5
More from @doctorferuz
  1. Oct 9, 2026Bir kechada 931 kishi ilovani yuklab oldi. 135 kishi to‘lov qilib, ilovadan foydalanishni…
  2. Oct 8, 2026Taqdimotda qatnashdingizmi? Yangi loyihamiz ma’qulmi? Narxichi? — bu kunni biz ham sizlard…
  3. Oct 8, 2026🎉🎉🎉 BOSHLANDI!!!
  4. Oct 8, 2026Bir kun kelib, bugungi kunni birga eslaymiz. Ongli Ozishda sizlar bilan bosib o‘tgan yo‘li…
  5. Oct 8, 2026Kimni shaxsiyiga eslatma yuboraylik? Olovcha qoldiringchi) 🔥 @doctorferuz
  6. Oct 8, 2026Post #3506
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →