TGViewer
Diyorbek.dev | 👨🏻‍💻 Diyorbek.dev | 👨🏻‍💻 @diyorbekk_dev · 381 subscribers
Post #988 183
Xonimlar va Janoblar, Typix'ni kutib oling. 👋

Qisqagina typix qanday bu darajaga kelgani haqida gapirsam:

Rich Text Editor yaratish oson ish emas. Ayniqsa, O'zbekistonda bunga tayyor infratuzilma, yo'l ko'rsatadigan mahalliy tajriba yoki reference loyiha mavjud bo'lmasa.

Typix ustida ishlashni boshlaganimizda, oldimizda aniq yo'l xaritasi yo'q edi. Har bir muammoni o'zimiz yechdik, sinab ko'rdik, qayta yozdik. Ba'zi extension'larni bir necha bor qayta arxitektura qildik, birinchi yondashuvimiz scale bo'lmadi, ikkinchisi ham. Ma'lumot uchun: Typix Meta'ning Lexical engine'i ustiga qurilgan.

Bularning natijasi esa ⚡️:
Typix - O'zbekistondagi birinchi to'liq tayyor Rich Text Editor framework. Sub-millisecond render, maksimal performance. Modular arxitektura - faqat kerakli extension'larni o'rnatasiz. Developer-friendly 5 daqiqada loyihangizga integratsiya qila olasiz. 17+ tayyor extension.

Biz buni shunchaki kutubxona sifatida emas, balki O'zbekiston developer ekotizimiga hissa deb qaraymiz. Keyingi dasturchi Rich Text Editor kerak bo'lganda noldan boshlamasligi uchun. 🤝

Main maintainer'lar:
Diyorbek Juraev
Abduvoitov Asadbek

Alohida minnatdorchilik:
• Lexical Team
• Dominic Gannaway (Lexical JS muallifi, sobiq React core team muhandisi, hozirda Attio'da software engineer)
• Bob Ippolito (Lexical Core Team, Meta).

Bizni kuzatishda davom eting, kunlik va haftalik release'lar bilan yangi featurlar joylab boramiz.

P.S: Hozircha Typix faqat React'ni qo'llab-quvvatlaydi. Tez orada Typix angular va Vue ni ham support qiladi.
  • ❤ 4
More from @diyorbekk_dev
  1. Sep 15, 2026ChatGPT and Codex now support TSRX syntax Highlighting! #tsrx #OctaneJS
  2. Sep 14, 2026Tanner Linsleydan yangilik. Hozirgacha Tanstack Team Octane uchun katta yordam berib kelmo…
  3. Sep 10, 2026Octane Js Hozirda Instagramda bitta content topoldim. Nasib tez kunda òzim yangiliklar qòy…
  4. Sep 9, 2026Ajoyib yangiliklardan biri. Tez orada Open AI butunlay òtadi nasib OctaneJs’ga. Tarqatmay…
  5. Sep 5, 2026Yangi joyni ham tizimlashtirdik. Bir qancha yangi imkoniyatlar qo‘shildi va yangi funksiya…
  6. Sep 5, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →