TGViewer
Channel Public Channel
Abduvoitov Asadbek

Abduvoitov Asadbek

@asadbek_abduvoitov

A sinful slave of a forgiving Master.

Software Engineer | Investor

Website: https://mirzaliyev.uz
Thoughts: @his_take

Founder of @gonomad_uz
Subscribers
145
Photos
158
Videos
57
Links
74
Recent Posts 13 shown
Post #437 790
Oldinlari ishimizdagi eng katta muammolardan biri Technical Debt edi. Hozir esa AI sabab unga yana bittasi qo'shildi - Cognitive Debt. Menimcha, bugungi kunda ikkalasi birgalikda ancha katta zarar keltiryapti.

Technical Debt ko'pchilikka tanish. Masalan, tezroq bitirish uchun test yozmaysiz, vaqtinchalik yechimni production'ga chiqarasiz yoki "keyin refaktor qilaman" deb kodni qoldirasiz. O'sha paytda vaqt yutgandek bo'lasiz, lekin oradan bir necha oy o'tib eng oddiy o'zgarish ham bir necha baravar qimmatga tushadi.

Cognitive Debt esa AI bilan ishlaydigan deyarli hamma duch kelayotgan yangi muammo.

Masalan, AI sizga 500 qator kod yozib berdi. Hammasi ishlayapti, siz esa uni chuqur tushunmasdan merge qildingiz. Bir oy o'tib o'sha joyda bug chiqdi. Endi nafaqat muammoni topishingiz, balki AI nima uchun aynan shunday yechim tanlaganini ham tushunishingiz kerak bo'ladi.

Yoki AI'dan regex, SQL yoki murakkab algoritm yozdirdingiz. Natijani tekshirmadingiz, chunki u ishlayapti. Oradan vaqt o'tib kichik o'zgarish kerak bo'lganda, kodni o'zgartirishning o'zi emas, avval uni tushunishga ko'proq vaqt ketadi.

Shuning uchun Cognitive Debt kodda emas, sizning tushunishingizda yig'iladi. Va bu qarz yig'ilgan sari AI sizni tezlashtirmaydi, aksincha sekinlashtira boshlaydi.

Shaxsan o'zim eng katta zararlarni aynan shundan ko'rganman. Ish ko'payganda AI xato qilgan joyni "keyinroq tuzataman" deb o'tib ketish juda oson. Lekin o'sha kichik xatolar yig'ilib boradi. Bir qarasang, AI har safar bir xil xatoni takrorlaydi, siz esa uni qayta-qayta to'g'rilashga vaqt sarflaysiz.

Shuning uchun hozir o'zim uchun bitta qoida qo'yganman: AI xato qilgan zahoti uni to'g'rilash va qayta o'sha xatoni qilmaydigan qilib o'rgatish.

Mening nazarimda, AI davrida tez kod yozishni emas, Technical Debt va Cognitive Debtni boshqarishni bilgan dasturchilar uzoq muddatda eng katta ustunlikka ega bo'ladi.
  • 👨‍💻 4
  • 🔥 3
  • ❤ 1
Post #436 713
https://www.youtube.com/watch?v=c35YoMdnI78

Bu hafta ichida ko'rgan eng yaxshi debate larimdan biri. Hammaga yetib borgan bo'lsa kerak, hamma yoqda loop, loop engineering, loop cycle degan tushunchalar hype bo'lyapti. Shunga ham Ralph loop asoschisi, va boshqa katta dasturchilarni bitta davraga yig'ib ancha muhokama qilishibdi.
YouTube The Great Loops Debate — Dex Horthy, Geoff Huntley, Ian Livingstone, Greg Pstrucha, @insecure-agents Oxford Style Debate: There is, or is not, a delta between the hype behind loops and what actually works in practice. Team No Delta (pro the way we do loops today) The hype around loops is valid and loops work well today in practice. Loops today can be a…
Post #428 584

Forwarded from Go Nomad

To'g'ri, hali sayohat orqali daromad qilganim yo'q.

Lekin sayohatlar davomida orttirgan xotiralarim, olgan tajribalarim va dunyoqarashim menga bergan foydani millionlab pul sarflab ham sotib olish qiyin, deb o'ylayman.

Shu paytgacha turli aviakompaniyalar bilan parvoz qilish nasib qildi. Jumladan:

• Centrum Air
• Air Arabia
• flydubai
• Jazeera Airways
• AirAsia
• flynas

Samolyot oynasidan yerga turli vaqtlarda boqishning o'zi alohida bir hissiyot. Tong otishini ham, qoq peshin paytidagi manzaralarni ham, shom kirishini ham, hatto quyoshning chiqishi va botishini minglab metr balandlikdan kuzatish nasib qilgan.

Bularni so'z bilan to'liq tasvirlab berish juda qiyin.

Nasib qilsa, yaqin kunlarda shu mavzuda ham alohida kontent tayyorlayman.
  • 🔥 4
  • 👏 2
  • ❤ 1
Post #427 377
Shu paytgacha ishimdagi eng katta yo'qotishlarni aynan shu xato sabab ko'rganman.

Ish qancha ko'p bo'lmasin, AI xato qilgan zahoti uni tuzatib, qayta o'sha xatoni qilmaydigan qilib o'rgating. Aks holda, bugungi kichik xatolar ertaga vaqtingiz va samaradorligingizni sekin-asta yeb boradi.
  • 👨‍💻 5
  • 🔥 2
Post #426 386
Oldinlari Technical debt dan juda ko'p zarar ko'rar edik. Hozirgi kelib bo'lsa Technical debt ga Cognitive debt ham qo'shildi, shunday qilib 2 karra zarar ko'ryamiz.

Technical debt hamda Cognitive debt nima ekanligini bilasizmi, bu bo'yicha ham to'liq post yozishim mumkin agar qiziq bo'lsa ?
  • 👍 6
  • 🔥 2
Post #425 359
Preemptive Generation

Ko'pchilik AI ovozli yordamchilar javobni faqat siz gapirib bo'lganingizdan keyin tayyorlaydi deb o'ylaydi. Aslida esa zamonaviy voice agent'lar bunday ishlamaydi. Balki ular Preemptive Generation degan texnikadan foydalanadi. Oddiy qilib aytganda, AI siz hali gapirayotganingizning o'zidayoq javobni generatsiya qilishni boshlab yuboradi.

Ya'ni pipeline taxminan shunday ko'rinadi:

Speech → Streaming STT → LLM → TTS

Bu yerda eng qiziq tomoni, LLM endi gap tugashini kutmaydi. Streaming transcript kelishi bilan intent'ni tushunishga harakat qiladi va javobni oldindan tayyorlay boshlaydi.

Natija esa, gapingiz tugashi bilan deyarli darrov javob qaytadi. Voice assistant bilan gaplashayotganingizda "o'ylanib qolgan" pauzalar ancha kamayadi va suhbat tabiiyroq tuyuladi.

Albatta, buning kamchiliklari ham bor. Masalan, siz:

"Menga Toshkent... yo'q, Namangan..."

desangiz, model oldingi generatsiyani discard qilib, yangi ma'lumot asosida qayta generatsiya qilishi kerak bo'ladi. Shunday bo'lsa ham, aynan mana shunday optimizatsiyalar sabab bugungi AI voice agent'lar bir necha yil oldingiga qaraganda ancha "jonli" hamda "tez" hisoblanadi.

Shaxsan men uchun Latency'ni kamaytirishda eng yoqqan texnikalardan biri shu.


P.S: Latency - biror amalni yuborganingizdan boshlab, uning natijasini olguningizgacha o'tadigan vaqt hisoblanadi.
  • 👨‍💻 4
  • 🔥 2
  • ❤ 1
Post #424 285

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 4
  • 🕊 1
Post #423 324
Post #422 227
Abduvoitov Asadbek Teaching bo'yicha juda uzoqlashib ketdim. Odatda ham teaching ham ishni olib ketardim. Hozirda faqat ish bo'lib qolgan, lekin teachingni juda sog'indi odam. Ayniqsa dars tugagandan keyin, ishga kirdim deb aytilgan habarni. Shunga hammi bilmadim, men faqat…
Bugundan video darslik yozishni boshladim. Hozirgina birinchi darslikni yozib tugatdim, Youtube kanalimda 2 oy oldin Livekit bo'yicha juda murakkab feature ko'rsatib o'tgan edim (video uchun link). Hozirgi darsligim ham aynan shunga atalgan, ko'p qismli video darslik orqalik birgalikda AI Agents/AI companion feature bo'yicha chuqur kirib o'tamiz.

Youtube kanalga a'zo bo'lmaganlar, a'zo bo'lish esdan chiqmasin.
  • 🔥 6
  • 👏 2
Post #421 284
Tasavvur qiling, kunlik progress 99% foizga tushib ketdi. Kuniga yuzlab push qilinar edi, lekin atiga 4ta push. O’nlab PR ochilar edi lekin 24 soat ichida hech qanday PR ochilmadi. Manashu holat bizni kampaniyada sodir bo’ldi, buni sabablarini tepadagi videoda tushuntirib o’tganman
  • 🔥 7
Older posts →

About this channel

How can I read @asadbek_abduvoitov without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Abduvoitov Asadbek: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Abduvoitov Asadbek have?
Abduvoitov Asadbek (@asadbek_abduvoitov) has 145 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Abduvoitov Asadbek know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →