TGViewer
Digital.edu IT Career Digital.edu IT Career @digitalitvacancy · 1.6K subscribers
Post #671 776

Forwarded from Al-Xorazmiy vorislari

“Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi uchun mentorlikka qabul ochildi

📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi Xorazm viloyatidagi "Al-Xorazmiy vorislari loyihasi" ning 13 ta hududda olib borilayotgan mashg'ulotlari uchun sunʼiy intellekt, maʼlumotlar tahlili, kiberxavfsizlik, oʻyin yaratish yo‘nalishlari bo‘yicha mentorlarni izlamoqda.

✅Mentorlikka talablar:
➡Game Development - o‘yinni ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Unity, Unreal Engine da ishlash tajribasi. C#, C++, Python va algoritmlarni ishlab chiqish tajribasi;
➡Artificial Intelligence & Machine Learning - sun'iy intellekt va mashinaviy o‘rganish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan TensorFlow, PyTorch, Scikit-learn va OpenCV bilan ishlash tajribasi. Python, R va algoritmlarni ishlab chiqish, neyron tarmoqlar, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), kompyuter ko‘rish (Computer Vision) va ma'lumotlar tahlili bo‘yicha amaliy tajriba;
➡Data Analytics – ma'lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan SQL, Pandas, NumPy, Power BI va Tableau bilan ishlash tajribasi. Python, R va statistik tahlil, ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish, biznes tahlili, mashinaviy o‘rganish asoslari hamda katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha amaliy tajriba;
➡Cyber Security – kiberxavfsizlik bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan tarmoq xavfsizligi, xavfsiz kod yozish, penetration testing va ethical hacking bo‘yicha tajriba. Kali Linux, Metasploit, Wireshark, Burp Suite kabi vositalar bilan ishlash, xavfsizlik auditlari, zaifliklarni tahlil qilish, tarmoq va web-ilovalarning himoyasini ta’minlash, shuningdek, shifrlash va autentifikatsiya tizimlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba;
➡ Frontend Development – Veb-interfeyslarni yaratish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan HTML, CSS, JavaScript, shuningdek, React, Angular yoki Vue.js kabi freymvorklar bilan ishlash tajribasi. Git, Webpack, Babel va turli brauzerlarda ishlash amaliyoti. UI/UX dizayn prinsiplari, responsiv dizayn va web-sayt performansini optimallashtirish bo‘yicha amaliy tajriba.
➡Backend Development – Server-tomonini ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan, Python (Django, Flask), Node.js (Express), Java (Spring) yoki PHP (Laravel) kabi texnologiyalar bilan ishlash tajribasi. API yaratish, ma'lumotlar bazalari (SQL, NoSQL), serverlar (Apache, Nginx) va bulutli platformalar (AWS, Google Cloud, Azure) bilan ishlash. Shuningdek, xavfsizlik va server arxitekturasi bo‘yicha amaliy tajriba.
➡Android Development – Android ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Java yoki Kotlin dasturlash tillari, Android Studio va Gradle bilan ishlash tajribasi. UI/UX dizayn, Material Design, ma'lumotlar bazasi (SQLite) va mobil ilovalarning performansi bo‘yicha amaliy tajriba. Firebase va turli APIlar bilan integratsiya qilish.
➡iOS Development – iOS ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Swift yoki Objective-C dasturlash tillari, Xcode va Cocoa Touch freymvorki bilan ishlash tajribasi. SwiftUI yoki UIKit, ma'lumotlar bazasi, RESTful APIlar va ilovalarni Apple App Store'ga joylash amaliyoti.
➡Cross-platform Mobile Development – Bir nechta platforma (iOS va Android) uchun ilova yaratish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Flutter (Dart) yoki React Native (JavaScript) kabi freymvorklar bilan ishlash tajribasi. State management, native funksiyalarga murojaat qilish va Firebase bilan ishlash amaliyoti.


✅Kerakli malaka va ko‘nikmalar:
➡O‘quvchilar va hamkasblar bilan muloqotga kirishuvchanlik;
➡Talabalar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va kelishmovchiliklarni hal qilishda yordam berish qobiliyati;
➡Yuqori darajadagi professionallik va mas’uliyatga ega bo‘lishi kerak;
➡Tahliliy ko‘nikmalar.

🔥Ish haqi suhbat asosida belgilanadi.

➡Ariza qoldirish uchun havola: https://forms.gle/iiCDpGRfYvpkScLs6

❗Mentorlikka ishga taklif etilayotgan tumanlar ro‘yxati bu yerda.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
  • ❤ 5
  • 🔥 3
  • 👍 2
  • ⚡ 1
  • 🕊 1
More from @digitalitvacancy
  1. Oct 16, 2026Itransition kompaniyasida Frontend dasturlash yo‘nalishida amaliyot imkoniyati! Itransitio…
  2. Oct 16, 2026Kasbiy ko‘nikmalar muhim, ammo har qanday sohada asqatadigan ko‘nikmalar ham bor. Qaysi ka…
  3. Oct 15, 2026⚡️ SAMARQANDDA IT SOHASINI BEPUL O‘RGANISH IMKONIYATI! IT sohasida karyera boshlamoqchimis…
  4. Oct 15, 2026Ayan Capital jamoasiga IT va kreativ yo‘nalishdagi mutaxassislar taklif etilmoqda! 💡Ayan…
  5. Oct 14, 2026Germaniyada to'liq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi 💰 Moliyalashtirish: To’liq 🧳 T…
  6. Oct 6, 2026Hurmatli talabalar va yosh mutaxassislar! ⌛ So‘nggi 3 oy ichida kanalimizdagi e’lonlar orq…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →