TGViewer
Digital.edu IT Career Digital.edu IT Career @digitalitvacancy · 1.6K subscribers
Post #670 687

Forwarded from Laziz Hamidov

Garvard, Oksford, Massachusets texnologiya instituti (MIT) kabi oliygohlarda ta'lim narxi yiliga $50 000 dan oshadi. Biroq bu universitetlar o'quv materiallarining bir qismini hamma uchun ochiq manbalarga joylashtiradi.

Bu dasturlash, sun'iy idrok, analitika, moliya yoki biznes yo'nalishlarini chuqurroq o'rganmoqchi bo'lganlar uchun juda foydali.

Bunday darslar jamlangan 4 ta platforma:

• Harvard Online – Garvard universitetining sun'iy idrok, analitika va biznes bo'yicha rasmiy ochiq ma'ruzalari.
• Coursera – Bu yerda Google, IBM va dunyoning yetakchi universitetlari dars beradi. Yo'nalishlar dasturlashdan tortib marketinggacha qamrab olingan.
• edX – MIT va Garvard tomonidan asos solingan platforma. Dasturlash, data science va iqtisodiyot bo'yicha sifatli kurslar mavjud.
• Khan Academy – Noldan boshlovchilar uchun ideal tanlov. Matematika, statistika va iqtisodiyot kabi fundamental fanlar juda sodda va tushunarli tilda tushuntirilgan.

@lazizhamidov
  • ❤ 4
  • ⚡ 2
  • 🔥 1
  • 🥰 1
  • 🤩 1
  • 🕊 1
More from @digitalitvacancy
  1. Oct 16, 2026Itransition kompaniyasida Frontend dasturlash yo‘nalishida amaliyot imkoniyati! Itransitio…
  2. Oct 16, 2026Kasbiy ko‘nikmalar muhim, ammo har qanday sohada asqatadigan ko‘nikmalar ham bor. Qaysi ka…
  3. Oct 15, 2026⚡️ SAMARQANDDA IT SOHASINI BEPUL O‘RGANISH IMKONIYATI! IT sohasida karyera boshlamoqchimis…
  4. Oct 15, 2026Ayan Capital jamoasiga IT va kreativ yo‘nalishdagi mutaxassislar taklif etilmoqda! 💡Ayan…
  5. Oct 14, 2026Germaniyada to'liq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi 💰 Moliyalashtirish: To’liq 🧳 T…
  6. Oct 6, 2026Hurmatli talabalar va yosh mutaxassislar! ⌛ So‘nggi 3 oy ichida kanalimizdagi e’lonlar orq…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →