TGViewer
Digital.edu IT Career Digital.edu IT Career @digitalitvacancy · 1.6K subscribers
Post #637 706

Forwarded from EDU.DIGITAL.UZ

🖐 "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" loyihasi doirasidagi "Milliy tanlov" g'oliblari tantanali taqdirlanib, “Eng faol maktab” yoʻnalishidagi gʻolib 2 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabiga bosh sovrin “Prezident sovgʻasi” elektromobil topshirildi

🧠 Bugun poytaxtimizda Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" loyihasi doirasida e'lon qilingan "Milliy tanlov" g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

⭐️ Tadbirni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ochib berdi. Vazir yoshlarni mamlakatimizning asosiy boyligi sifatida e'tirof etgan Prezidentimiz tashabbuslari haqida gapirar ekan, qisqa vaqt ichida O'zbekistonda raqamli texnologiyalar sohasida erishilgan ulkan o'zgarishlarni qayd etdi.

🌐 Taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zozxon Karimova va Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov ishtirok etdi.

🌐 “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi mamlakatimizda sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish, yoshlar salohiyatini oshirish va global raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga qaratilgan muhim tashabbusdir.

“Eng faol maktab” yoʻnalishida ham gʻoliblar aniqlanib, “Milliy tanlov” doirasida eng faol ishtirok etgan, Xorazm viloyati Bog'ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi va Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi 13-sonli ayrim fanlar chuqur o'qitiladigan sinflari mavjud umumiy o'rta ta'lim maktablariga bosh sovrin “Prezident sovgʻasi” elektromobil topshirildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/160753

▶️ Taqdirlash marosimini YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/live/CHBiy0awSTs?si=EoFChOHEUcLSQirX

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
  • 🔥 3
  • 👏 2
  • 🎉 2
  • ⚡ 1
  • 🕊 1
More from @digitalitvacancy
  1. Oct 16, 2026Itransition kompaniyasida Frontend dasturlash yo‘nalishida amaliyot imkoniyati! Itransitio…
  2. Oct 16, 2026Kasbiy ko‘nikmalar muhim, ammo har qanday sohada asqatadigan ko‘nikmalar ham bor. Qaysi ka…
  3. Oct 15, 2026⚡️ SAMARQANDDA IT SOHASINI BEPUL O‘RGANISH IMKONIYATI! IT sohasida karyera boshlamoqchimis…
  4. Oct 15, 2026Ayan Capital jamoasiga IT va kreativ yo‘nalishdagi mutaxassislar taklif etilmoqda! 💡Ayan…
  5. Oct 14, 2026Germaniyada to'liq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi 💰 Moliyalashtirish: To’liq 🧳 T…
  6. Oct 6, 2026Hurmatli talabalar va yosh mutaxassislar! ⌛ So‘nggi 3 oy ichida kanalimizdagi e’lonlar orq…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →