TGViewer
Channel Public Channel
Digital Generation Uzbekistan

Digital Generation Uzbekistan

@digitalgeneration_uz

O’zbekistondagi eng katta IT hamjamiyati!🇺🇿

Keling safimizga qo’shiling, bilimingizni oshiring, dasturlashni o’rganing, dunyoni o’zgartiring!


✅ Facebook.com/digitalgeneration.uz
✅ Instagram.com/DGUzbekistan
✅ Telegram.me/digitalgeneration_uz
Subscribers
7.07K
Photos
3K
Videos
380
Links
1K

Showing posts older than #3699 · Back to latest

Older Posts 5 shown
Post #3698 1.79K
#Ta’lim_sayohati 🎓

🇨🇳 “Raqamli avlod qizlari” Respublika tanlovi g‘oliblarining Xitoydagi ta’lim sayohati o‘z yakuniga yetdi.

✨🏯 Ta’lim sayohati davomida ishtirokchilar nufuzli ta’lim muassasalariga tashrif buyurib, zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar va ilm-fan sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishdilar. Shuningdek, Xitoyning boy madaniyati, tarixi va milliy qadriyatlarini yaqindan o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

🌟 Dastur jarayonida xalqaro tajriba almashildi, yangi bilim va ko‘nikmalar egallandi hamda unutilmas taassurotlar orttirildi.

🌏 Ushbu ta’lim sayohati davomida orttirilgan bilimlar, yangi tanishuvlar va yorqin taassurotlar ishtirokchilarning kelgusi faoliyatida muhim o‘rin tutishiga ishonamiz.


✨ Barcha ishtirokchilarga kelgusidagi o‘qishlari, loyihalari va tashabbuslarida omad va ulkan marralar tilaymiz.

#RaqamliAvlodQizlari #DigitalGenerationGirls #China2026 #TalimSayohati

__
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • ❤ 6
Post #3697 1.97K
🇺🇿❤️ OLG‘A, O‘ZBEKISTON!

Ayni damda Xitoyda ta’lim sayohatida bo‘lib turgan “Raqamli avlod qizlari” Respublika tanlovi g‘oliblari ham O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlamoqda.

⚽️Minglab kilometr uzoqlikda bo‘lsak ham, qalbimiz Vatan bilan birga.

Har qanday vaziyatda ham, qaysi maydonda bo‘lishimizdan qat’i nazar, biz doimo milliy terma jamoamizni birdek qo‘llab-quvvatlaymiz! 🇺🇿💙


🇺🇿OLG‘A, O‘ZBEKISTON!

#DigitalGeneration #Raqamliavlodqizlari #OlgaUzbekiston #MilliyJamoa #TermaJamoa #JahonChempionati #UzbekFootball

—
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • ❤ 15
  • 🔥 7
  • 😍 2
Post #3689 4.69K
#Ta’lim_sayohati 🎓

🇨🇳 Xitoydagi ta’lim sayohati o‘z yakuniga yetmoqda.

🏛 Harbin Institute of Technology (HIT) universitetida o‘tkazilgan navbatdagi mashg‘ulot Xitoyning boy madaniy merosini o‘rganishga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar Cloisonné Enamel Art san’ati bilan tanishib, ushbu noyob hunarmandchilik yo‘nalishining o‘ziga xos jihatlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rgandilar.

✅ Kunning ikkinchi yarmida ta’lim dasturining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilarga dastur muvaffaqiyatli yakunlangani munosabati bilan sertifikat va diplomlar topshirildi.

Marosim yakunida universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan samimiy muloqotlar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, milliy sovg‘alar almashilib, esdalik suratlari olindi.


🌏 "Raqamli avlod qizlari" Respublika tanlovi g‘oliblari Xitoydagi ta’lim sayohati davomida ko‘plab bilim, tajriba va motivatsiya orttirib, xalqaro muhitda o‘z salohiyatlarini yanada rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar.

—
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • 👍 7
  • ❤ 6
Post #3684 2K
#Ta’lim_sayohati 📚

🇨🇳Kecha ishtirokchilar Chinese Experience Class dasturida qatnashib, Xitoy madaniyati va an’analari bilan yaqindan tanishdilar.

✅ Shundan so‘ng Harbin shahrining mashhur maskanlaridan biri — Sun Islandga tashrif buyurdilar.

🌏 Ta’lim sayohati davomida yangi bilimlarni o‘zlashtirish bilan bir qatorda, Xitoyning boy madaniyati va diqqatga sazovor maskanlari bilan ham yaqindan tanishib bormoqdalar .

—
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • ❤ 8
Post #3679 2.87K
#Ta’lim_sayohati

🏭Ta’lim sayohatining navbatdagi manzili — Voolga Cosmetics kompaniyasi.

✨2015-yilda Harbin shahrida tashkil etilgan kompaniyaga tashrif davomida kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlari, sifat nazorati tizimi hamda zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari bilan tanishildi.

💡Bunday uchrashuvlar innovatsion biznes jarayonlari, ishlab chiqarish madaniyati va zamonaviy korxonalar faoliyatini yaqindan o‘rganish imkoniyatini yaratmoqda.

🌏Xitoydagi ta’lim sayohati yangi bilim va tajribalar bilan davom etmoqda.

#RaqamliAvlodQizlari
#DigitalGenerationUzbekistan
#TalimSayohati #China2026

—
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • ❤ 7
  • 🆒 3
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →