🇨🇳 Xitoydagi ta’lim sayohati o‘z yakuniga yetmoqda.
🏛 Harbin Institute of Technology (HIT) universitetida o‘tkazilgan navbatdagi mashg‘ulot Xitoyning boy madaniy merosini o‘rganishga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar Cloisonné Enamel Art san’ati bilan tanishib, ushbu noyob hunarmandchilik yo‘nalishining o‘ziga xos jihatlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rgandilar.
✅ Kunning ikkinchi yarmida ta’lim dasturining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilarga dastur muvaffaqiyatli yakunlangani munosabati bilan sertifikat va diplomlar topshirildi.
Marosim yakunida universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan samimiy muloqotlar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, milliy sovg‘alar almashilib, esdalik suratlari olindi.
🌏 "Raqamli avlod qizlari" Respublika tanlovi g‘oliblari Xitoydagi ta’lim sayohati davomida ko‘plab bilim, tajriba va motivatsiya orttirib, xalqaro muhitda o‘z salohiyatlarini yanada rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar.
—
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook






