🎓Inklyuziv ta’lim — kelajakka ochilgan eshik!
💿 “Raqamli avlod” loyihalari doirasida Samarqand shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi qoshidagi Inklyuziv rivojlanish markazida yana bir muhim marraga erishildi — joriy yilda 449 nafar o‘quvchi-yoshlar zamonaviy kasblar bo‘yicha o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikatlar bilan taqdirlandi.
👫 Bu yoshlar safida 60–61-sonli ixtisoslashtirilgan maxsus maktab-internatlari o‘quvchilari, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalar farzandlari hamda nogironligi bo‘lgan yoshlar borligi ushbu tashabbusning naqadar ahamiyatli ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
💻 Tinglovchilar bugungi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar:
🔹 Kompyuter tizimlari va komplekslariga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash
🔹 Robototexnika
🔹 Foto va video bilan ishlash (texnik videograf)
🔹 Konstruktorlash va 3D modellashtirish
🖋 Kurslar yakunida bitiruvchilarga mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikatlar topshirildi. Eng muhimi, ular ishga joylashish, o‘zini-o‘zi band qilish va mustaqil daromad topish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
✅ Ushbu loyiha — shunchaki o‘quv kurslari emas. Bu yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, salohiyatini yuzaga chiqarish va jamiyatda munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladigan inklyuziv kelajak sari tashlangan ishonchli qadamdir.
↗️ Ayni vaqtda keyingi mavsum uchun kurslarga 170 nafar o‘quvchilarni jalb etish maqsadida arizalar qabul qilingan.
↗️ Bilim — imkoniyat, imkoniyat esa kelajakdir!
🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati
📝telegram | 🎖ihma.uz
Post #3335
5.67K