“Raqamli avlod IT haftaligi – 2025” — eng iqtidorli yoshlar Foydali ixtirolar va Robo sumo musobaqalarida kuch sinashmoqda
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Digital Generation Uzbekistan bilan hamkorlikda “Raqamli avlod IT haftaligi – 2025” tadbiriga start berildi.
📊 Mazkur an’anaviy tadbir 5-marta o‘tkazilmoqda.
❗️ E’tiborli jihati, jarayonlarda nafaqat o‘zbekistonlik yoshlar, balki Xitoyning Yinghua akademiyasi o‘quvchilari ham o‘z ixtirolari bilan qatnashishmoqda.
🔴 Haftalik doirasida bugun Foydali ixtirolar va Robo sumo yo‘nalishlarida musobaqalar tashkil etilgan.
🌐 Unda jami 2 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etishmoqda.
Shuningdek, malakali mentorlar ishtirokida Sun’iy intellekt, startap loyihalar, grafik dizayn, kodlash va zamonaviy dunyoda liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish kabi mavzularda davra suhbatlari ham bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
⏰ Gʻoliblar finalda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Raqamli avlod
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook









