Davlat xizmatchilari salohiyatini oshirish dasturining navbatdagi bosqichi yakunlandi
✅Raqamli texnologiyalar vazirligi va KOICA hamkorligida 2025–2027-yillarga mo‘ljallangan “Davlat xizmatchilarining raqamli salohiyatini oshirish” loyihasining navbatdagi bosqichi doirasida belgilangan tadbirlar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
✅Mazkur bosqich doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda tizim tashkilotlarining 15 nafar mas’ul xodimlari uchun raqamli standartlarni joriy etish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘zlashtirish hamda turli sohalarda raqamlashtirish imkoniyatlarini tahlil qilishga qaratilgan intensiv o‘quv modullari tashkil etildi.
✅Ushbu bosqich davlat boshqaruvida raqamli yondashuvlarni kengaytirish, mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va zamonaviy raqamli yechimlarni samarali joriy etishga xizmat qiladi.
🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Post #3780
726




- 🔥 5
- ❤ 3