Test yozish (testing) haqida gapirilganda quyidagi savollar ko'p beriladi:
- "Automated test" yozishga ko'p vaqt ketib qoladi, bu tajriba o'zini oqlaydi mi?
- "Manual test" yetarli emas mi?
- Qanday qilib implementation yozmasdan unga test yozish mumkin?
Bular juda asosli savollar va bejiz berilmagan.
Birinchidan, "manual testing" va "automated testing" bir-birining o'rnini bosmaydi, bu ikkalasi ham "software testing"ning tajribada ishlatiladigan "branch"lari hisoblanadi.
Ikkinchidan, ha, "automated test" yozishga ko'proq vaqt ketadi, ayniqsa bu tajribani yangi boshlagan paytda bularga ketadigan vaqt nisbati juda katta bo'ladi, tajriba shakllanishi bilan bu nisbat kamayishni boshlaydi.
Lekin bitta fakt bor, "automated test"lar yozilgandan keyin ularning "run" qilishga ketadigan vaqt "manual testing"ga ketadigan vaqtdan ancha kam.
Va bu "process" ko'p marta qaytarilganda bu farqdan yutilgan vaqt ortib boradi va bora-bora test yozishga ketgan vaqtni "compensate" qilib "foyda" (vaqt hisobida) ham keltirishni boshlaydi.
Endi, hop, test yozishni boshladik, TDD ishlatishimiz shart mi?
Bu test yozishning keyingi darajasi, agar test yozish tajribasi yangi boshlangan bolsa maslahat bermayman, chunki dasturchida bu tajribaga nisbatan "frustration" paydo qilishi mumkin.
Testing APIlar, toollar, tajribalar bilan tanishgandan keyin, terminologiyasiga yaxshiroq kirishgandan keyin TDDga switch qilish maqsadga muvofiq deb oylayman.
Bu tajriba dasturchidan biznes talablarni oldindan ko'ra bilish, kod yozmasdan oldin miyyasida "dasturlash"ni o'rganishni talab qiladi.
Mana shu instinktlar ozgina "develop" qilingandan keyin TDD dasturchi uchun intuitiv tuyulishni boshlaydi va bir muddatdan keyin voz kechilmas tajribaga aylanadi.
Umuman olganda, bu tajriba xalqaro kompaniyalarda dasturchining "invaluable skill"laridan deb baholanadi. Shu skill yetishmasligidan xatto interviewni fail qilish ehtimoli ham bor.
Post #90
582
- 👍 15