TGViewer
Dev thinking loud Dev thinking loud @dev_thinking_loud · 1.61K subscribers
Post #88 1.24K
Dasturchi deganda shaxsan meni hayolimga biron masalani (business case) yechish yo'lida (finding a solution) ketma-ket (sequential) qaror/tanlov (decision) qiladigan odamni tushunaman.
Bu qarorlarni odatda o'z bilimi (knowledge) va tajribasi (experience) asosida qiladi, bular o'z navbatida boshqalarning (community) shu kabi masalalarni yechishdagi bilim va tajribalariga (best practices) tayanadi.

Shu joyda bir narsani unutmaslik kerak, odatda masalaga yechim potencial jihatdan juda ko'p bo'ladi (bizning ko'zimizga bir yoki bir nechta yechim charaqlab koringani bilan) va har bir yechimning yaxshi va yomon tomonlari bo'ladi.
Dasturchining vazifasi bu yaxshi va yomon tomonlarni taroziga tortib masalaga to'griroq yechimni topish.
Mana shu jarayonida dasturchi obyektiv va ochiq fikrda (open-mind) bo'la olishi juda muhim. Insonning bazi narsalarga (bizning holatda yechimlarga) ong osti hissiyotlari bo'ladi (unconscious bias), inson bu hissiyotlarni nazorat qila olmasligi mumkin lekin uning shuurida (awareness) bolishi kerak va bu uning tanlovlarda obyektiv bo'la olishiga halaqit qilmasligi kerak.

Shu joyda yana bir nuqtani takidlab otishimiz kerak, eng yaxshi tajribalar (best practices) doimiy bo'lmaydi, ularning tabiati o'zgaruvchan, shuning uchun ularni o'rganganda nima sababdan ular eng yaxshi tajriba (best practice) ekanligini ham o'rganing, chunki bu sabablar ertaga eskirganda bu tajribalar "eng yaxshi" maqomini yo'qotishi mumkin.
  • 🔥 23
  • 👍 6
More from @dev_thinking_loud
  1. Jun 14, 2026TDD, PP va AI Bir oralar Birlashgan Qirollikdan inglizlar bilan bir proyektda birga ishlad…
  2. May 4, 2026Assalamu alaykum! Bir muddat uzilishdan keyin video darslarni davom etish uchun imkon payd…
  3. Apr 22, 2026“Yangi O‘zbekiston” universitetida FinTech yo‘nalishidagi xakaton bo‘lib o‘tadi 25–26-apre…
  4. Feb 6, 2026Post #537
  5. Feb 5, 2026Claude Opus 4.6 va GPT 5.3 Codex Bugun yuqorida zikr etilgan ikki AI model release bo’ldi.…
  6. Dec 9, 2025System design concepts Interviewlarga tayyorlanayotgan middle va senior darajadagi dasturc…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →