TGViewer
Dev thinking loud Dev thinking loud @dev_thinking_loud · 1.61K subscribers
Post #532 3.01K

Forwarded from Webiston

Assalomu alaykum. Webiston jamoasi Sun'iy Intellekt (SI) muhandisligi bo'yicha eng yaxshi va so'nggi kitoblardan biri — Chip Huyen'ning "AI Engineering" kitobini o'zbek tiliga o'girdi.

Ushbu kitob SI mahsulotlarini yaratish, ularni baholash va masshtablashtirish bo'yicha amaliy va nazariy bilimlarni o'z ichiga oladi. U nafaqat muhandislar, balki mahsulot menejerlari va soha mutaxassislari uchun mo'ljallangan.

Hozirda jami 10 bobdan quyidagi 5 ta bobi tarjima qilindi:

- Fundamental modellar asosida SI ilovalarini yaratish;
- Fundamental modellar mohiyati;
- Baholash metodologiyasi.
- SI tizimlarini baholash;
- Prompt muhandisligi;

Tarjima O'Reilly Media ruxsati bilan amalga oshirildi. Matnda texnik atamalar (inference, finetuning) xalqaro standartlarga mos ravishda saqlanib, o'zbek tilidagi izohlari bilan berildi.

Marhamat, kitob bilan tanishing va o'z fikrlaringizni bildiring.

👉 O'qish uchun: https://webiston.uz/books/ai-engineering

#AIEngineering #SuniyIntellekt #SI #Webiston #UzbekIT
  • 🔥 19
  • 👍 3
  • 🙏 2
  • ❤ 1
More from @dev_thinking_loud
  1. Jun 14, 2026TDD, PP va AI Bir oralar Birlashgan Qirollikdan inglizlar bilan bir proyektda birga ishlad…
  2. May 4, 2026Assalamu alaykum! Bir muddat uzilishdan keyin video darslarni davom etish uchun imkon payd…
  3. Apr 22, 2026“Yangi O‘zbekiston” universitetida FinTech yo‘nalishidagi xakaton bo‘lib o‘tadi 25–26-apre…
  4. Feb 6, 2026Post #537
  5. Feb 5, 2026Claude Opus 4.6 va GPT 5.3 Codex Bugun yuqorida zikr etilgan ikki AI model release bo’ldi.…
  6. Dec 9, 2025System design concepts Interviewlarga tayyorlanayotgan middle va senior darajadagi dasturc…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →