TGViewer
Dev thinking loud Dev thinking loud @dev_thinking_loud · 1.61K subscribers
Post #463 2.17K
"Use case"lar

Biron yangi narsa o'rganganda har doim shu 2 savolni berishga odatlaning:
1) Buni qayerda apply qilishim mumkin (where)
2) Qanday apply qilishim mumkin (how)
Bu tushuncha dasturlashda (umuman har sohada) use case deb ataladi. Agar shunga javob bera olmasangiz bu o'rgangan narsangizni tez esdan chiqarasiz yoki qayerda ishlatishni bilmaysiz. O'rganayotgan manbaning ahamiyati yo'q, kitobdan yoki postdan oqiyapsiz mi, videoda yoki kursda ko'rdingiz mi, jamoadoshiz aytdi mi, buning "use case"lari qanday degan savol bering. Shunda uzoqroq muddat eslab qolishiz mumkin. Inson miyasi o'ziga kerak bo'lmagan malumotlarni garbage collect qiladi 😀 (o'zim to'qidim, lekin tajribadan)

PS: kanalda yoki shaxsiydan juda ko’p nimani o'rganish haqida savol kelib tushadi, bu savollarga umumiy javob berish juda qiyin, chunki har kimda holat individual bo'ladi. Bazan dasturchilar qaysidir ro'yhatlardan o'rganmoqchi bo'lishadi. Bir narsani esdan chiqarmaslik kerak, bu ro'yhatlar general, kimdadir ish beradi, kimdadir bermaydi. O'rganmoqchi bo'lgan narsalarni to'g'ri prioretlashtiring, eng boshida eng ehtiyojiz ko'p tushayotgan narsalarni qo'ying
  • 👍 32
  • ❤ 3
  • 🔥 1
More from @dev_thinking_loud
  1. Jun 14, 2026TDD, PP va AI Bir oralar Birlashgan Qirollikdan inglizlar bilan bir proyektda birga ishlad…
  2. May 4, 2026Assalamu alaykum! Bir muddat uzilishdan keyin video darslarni davom etish uchun imkon payd…
  3. Apr 22, 2026“Yangi O‘zbekiston” universitetida FinTech yo‘nalishidagi xakaton bo‘lib o‘tadi 25–26-apre…
  4. Feb 6, 2026Post #537
  5. Feb 5, 2026Claude Opus 4.6 va GPT 5.3 Codex Bugun yuqorida zikr etilgan ikki AI model release bo’ldi.…
  6. Dec 9, 2025System design concepts Interviewlarga tayyorlanayotgan middle va senior darajadagi dasturc…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →