Web Platform Baseline
Biz bilamizki, "Web Platform"da bir qancha ishchi guruh(working group)larining ishlari birlashadi. Misol uchun Web Platform Working Group, HTML Working Group(WHATWG), CSS Working Group(HTML-CSSWG), TC39(ECMAScript). Bu guruhlar ishlab chiqqan yangilik va o'zgarishlar browser yoki enginelarda malum muddatlarda paydo bo'la boshlaydi. Bu yangiliklardan habardor bo'lib borish o'zi oson ish emas. Ustiga ustak bular qaysi browser/enginelarda paydo bo'lgani, ularni "production"da ishlatish qanchalik risksizligini bilish bir so'z bilan aytganda "challenging". Shuning uchun Web Platform mutaxassislari "Baseline" degan tushunchani o'ylab topishgan. Bu har yili o'sha yil uchun yangi qo'shilgan va ishlatish (deyarli) risksiz bo'lgan qo'shimchalarni o'z ichiga oladi.
Quyidagi linklarda 2023 va 2024 yillar uchun "baseline"lar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
https://web.dev/baseline/2023
https://web.dev/baseline/2024
PS: MDN sahifalarida ham "feature" qaysi baselinega tegishli ekani yoziladi odatda
Qoshimchalarni quyidagi saytda ham korish mumkin https://webstatus.dev
Post #404
2.11K