useSelector() API Redux storedagi statening bir qismini olish uchun ishlatiladi. Unga berilgan callback odatda selector funksiya deb ataladi. Shu selector funksiyadan qaytgan qiymat oldingisidan farqli bo'lsa componentda rerender sodir boladi. Agar bizga butun slice kerak bo'lmay uning bir qismi kerak bolsa, osha qismlaridan obyekt yaratib qaytaramiz. Masala shundaki selector funksiya har ishlaganida u yangi obyekt qaytaradi, ichidagi qiymatlar ozgarmagan bo'lsa ham. Bu component rerenderiga sabab bo'ladi. Buning oldini olish uchun useSelector()ga ikkinchi argumentda shallowEqual funksiyasini berishimiz kerak.