TGViewer
Dev thinking loud Dev thinking loud @dev_thinking_loud · 1.61K subscribers
Post #190 1.77K

Forwarded from Ayyubxon Fargʻoniy | 0.1x engineer (Ayyubxon)

Eng qiziq narsa nimada, bilasizmi?

Aksariyat Reactchilarimiz, oʻzim ham bir yildan ortiq performancega oid mavzuda noʻnoq edim (hozir ham yaxshiman demayman).

Shu mavzuda postlar qoʻysam koʻpchilik qiziqmaydi, kanaldan bir nechtalab boʻlib chiqib ketishadi.

Sizni juniordan middlega koʻtaradigan muhim mavzulardan biri bu performance in React apps boʻladi.

React qanday ishlashini, dasturni tezlatishni bilmaydigan, uni sekinlatadigan sabablarni tushunmaydigan, tezlikka yechim berolmaydigan dasturchi middle darajada emas deb oʻylayman, u hatto lokal kompaniyada boʻlsa ham.


Qaygʻuradiganim 10+ auditoriya emas, shunchaki bilimga chanqoqlik yoʻqligi.


Ravshan akani videolari koʻrishlar soni 100ta boʻlib yotibdi, tekin resurs, qiziqib savol berishlar yoʻq, yurakda oʻt yoʻq, koʻzlar chaqnamaydi, kun oʻtishga yurgandek koʻpchilik.
Ammo oʻquv markazlarga oyiga 1.3 million soʻm toʻlab oʻqishadi, vaholanki birorta oʻquv markazdagi mentor Ravshan akani yoniga yaqinlasha olmaydi, istasa mana man deb kelsin, isbotlab beraman.

Ilmga borini bermaguncha ilm hech nima bermaydi. Ishtiyoq boʻlmas ekan, pulni toʻlab, ishga kirishni oʻquv markazdan talab qilishdan nariga oʻtmay yuraveramiz.

Ishtiyoq yoʻq, koʻzlar chaqnamaydi, yurakda olov yoʻq.
  • 👍 45
  • 🔥 12
More from @dev_thinking_loud
  1. Jun 14, 2026TDD, PP va AI Bir oralar Birlashgan Qirollikdan inglizlar bilan bir proyektda birga ishlad…
  2. May 4, 2026Assalamu alaykum! Bir muddat uzilishdan keyin video darslarni davom etish uchun imkon payd…
  3. Apr 22, 2026“Yangi O‘zbekiston” universitetida FinTech yo‘nalishidagi xakaton bo‘lib o‘tadi 25–26-apre…
  4. Feb 6, 2026Post #537
  5. Feb 5, 2026Claude Opus 4.6 va GPT 5.3 Codex Bugun yuqorida zikr etilgan ikki AI model release bo’ldi.…
  6. Dec 9, 2025System design concepts Interviewlarga tayyorlanayotgan middle va senior darajadagi dasturc…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →