Pair programming
Dasturlashda ishlatiladigan foydali uslublardan biri "pair programming" hisoblanadi.
Bir qarashda unumsiz tuyulsa ham (ikki dasturchi bir ishni ustida ishlayotgani uchun) aslida unday emas.
Bu uslubning quyidagi foydalari bor:
1) Tajriba almashish - dasturlashda eng muhim ruknlardan hisoblanadi, ayniqsa boshlovchilar orasida, bunda ikki dasturchi bir-birining bilmagan tomonlarini to'ldiradi, o'rgangan bilimlarini esa mustahkamlaydi
2) Masalaga taklif qilingan yechimlar sonini ko'pligi togriroq yechimga kelishga sabab bo'ladi va kelib chiqishi mumkin bo'lgan buglarning ehtimolini kamaytiradi
3) Komandadagi dasturchilarning yozilayotgan dastur haqida koproq bilishlarini taminlaydi
4) Komanda azolari orasidagi munosabatlarga ijobiy tasir korsatadi
5) Jamoaviy kod egalik (code ownership) hissini oshiradi
6) Real-time code reviewni taminlaydi
Post #115
1.21K

- 👍 15