«Claude’ni $5 ga qanday olamiz?» degan savolga javob 👇
Hamkorlik e’lonimizdan keyin bu haqda ko‘p so‘rashyapti. Taklif qanday ishlashini bir joyda tushuntiramiz.
$5 ga nima olasiz?
Bu Ourent platformasidagi Starter paketining bir oylik narxi. Uni Claude’ning rasmiy saytidagi Pro obunasi bilan adashtirmang. Xizmatdan Ourent orqali foydalanasiz.
Nimalar qilish mumkin?
Loyiha kodi va fayllari bilan ishlash, terminalda vazifalar bajarish, sayt dizayni va prototiplar yaratish mumkin. Starter’da web, terminal va VS Code orqali ishlash ko‘rsatilgan.
Qo‘shimcha xarajat bormi?
O‘z Claude API kalitingizni ulasangiz, API uchun sarflangan mablag‘ alohida hisoblanadi. $5 to‘lov uni qoplamaydi.
Paketda foydalanish limitlari bor. Qolgan limit hisobingizda foizda ko‘rsatiladi. $5 to‘lov cheksiz foydalanish yoki kafolatlangan $100 balans degani emas.
Qanday boshlaysiz?
Ourent.uz saytiga kiring, Google yoki emailingiz orqali ro‘yxatdan o‘ting. Starter paketining shartlarini ko‘rib, hisobingizdan to‘lov qiling. To‘lov so‘mda, paket bir oyga beriladi. Saytda avtomatik qayta to‘lov yo‘qligi ko‘rsatilgan.
Savol yoki muammo bo‘lsa, kimga yozasiz?
Xarid, to‘lov, limit va foydalanish bo‘yicha Ourent qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
📩 ourentai.uz@gmail.com
Debocha sizni hamkor xizmatiga yo‘naltiradi. Paket va xizmat shartlarini Ourent belgilaydi.
@debochadur
Post #285
583

- ❤ 1