⚡️Ibn Sino merosiga asoslangan aqlli sog‘liq ilovasi
“1 daqiqada tushuntir” rubrikamizda yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini tanishtirishda davom etamiz.
Bu safargi qatnashchimiz Aziza va uning VITA startapi.
VITA — kundalik odatlarni kuzatish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga yordam beruvchi platforma. Ilovada suv ichish, uyqu, energiya va kayfiyat kabi ko‘rsatkichlarni kuzatish, turli vazifalarni bajarish mumkin.
Loyihaning asosiy imkoniyatlaridan biri — AI Murabbiy. U foydalanuvchining savollariga Ibn Sino merosiga asoslangan tavsiyalar taqdim etadi.
Startapni rivojlantirishda Azizaga Debocha mentorlari ko‘mak bergan.
Yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va ularni rivojlantirish uchun Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar Ventures tomonidan turli imkoniyatlar yaratilmoqda.
🔗 Yoshlar Ventures
🔗 Debocha
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Post #258
426