Shuncha vaqt sarfladim. Endi qanday tashlab ketaman?
Loyihasidan natija chiqmayotgan founder uchun tanish savol.
Twitter’ni yaratgan jamoa ham avval boshqa ish bilan band edi. Ular Odeo nomli podkast platformasini qurishayotgandi. Apple iTunes’ga podkastlarni qo‘shgach, jamoa yangi yo‘nalishlarni sinay boshladi.
Shu tajribalardan biri qisqa xabar almashish xizmati bo‘ldi. Keyinchalik uni butun dunyo Twitter deb tanidi.
O‘sha paytda ular qaysi g‘oya ishlashini bilishmagan. Sinab ko‘rishgan.
Siz ham g‘oyangizga ko‘p vaqt sarflagan bo‘lsangiz, keyingi qadamni faqat shu sabab bilan tanlamang. Mijozga u haqiqatan kerakmi — tekshirib ko‘ring.
Debochadagi Customer Discovery kursida mijoz bilan gaplashish va uning ehtiyojini tushunish mavzulari bor. Kurs bepul.
👉 G‘oyangizni mijoz bilan tekshirishdan boshlang
@debochadur
Post #264
490

- ❤ 3