TGViewer
Channel Public Channel
Daryo | Markaziy Osiyo va Afg‘oniston

Daryo | Markaziy Osiyo va Afg‘oniston

@daryo_mo

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryoga_murojaatbot

Vakansiyalar — @daryohr_bot
Lifestyle — @daryo_lotin
Tezkor xabarlar — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Dunyo — @daryo_world
На русском - @daryo_central_asia
Subscribers
435
Photos
2.6K
Videos
2
Links
2.6K
Recent Posts 20 shown
Post #2587 103
Qozog‘istonda 25-sentyabr milliy motam kuni deb e’lon qilindi

Kaspiy dengizdagi mashg‘ulotlarda ob-havoning keskin yomonlashishi oqibatida 19 nafar harbiy suvga oqib ketgandi. Hozirda qurbonlar soni 12 nafarga yetdi.

Batafsil — https://daryo.uz/v1mfu5uDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
  • 😢 1
Post #2586 98
Qozog‘istonda 25-sentyabr milliy motam kuni deb e’lon qilindi

Kaspiy dengizdagi mashg‘ulotlarda ob-havoning keskin yomonlashishi oqibatida 19 nafar harbiy suvga oqib ketgandi. Hozirda qurbonlar soni 12 nafarga yetdi.

Batafsil — https://daryo.uz/v1mfu5uDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
Post #2584 134
Qozog‘istonda 19 nafar harbiy xizmatchi dengizda oqib ketdi

Hodisa Kaspiy dengizi qirg‘og‘idagi mashg‘ulotlar paytida yuz bergan. Ayni paytda to‘qqiz kishi halok bo‘lgani, uch kishi qutqarilgan ma’lum.

Batafsil — https://daryo.uz/uL5MZcuDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Post #2583 136
Pokiston Afg‘onistondagi 10 ta nishonga hujum qildi

Islomobod buni Afg‘oniston hududidan uchirilgan dronlarga javob deb atadi. “Tolibon” esa Pokistonga dronlar uchirilganini rad etmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/hTbn-FuDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Post #2582 137
Pokiston-Afg‘oniston chegarasida besh soatlik otishma yuz berdi — manba

To‘qnashuv oqibatida bir nechta uylar zararlangan, ayrim insonlar o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Batafsil — https://daryo.uz/16tLIduvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
  • 😢 1
Post #2581 139
To‘qayev rus tilini siyosiy masalaga aylantirmaslikka chaqirdi

Qozog‘iston prezidenti til odamlarni birlashtirish va o‘zaro tushunishga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi.

Batafsil — https://daryo.uz/SelV1DuDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
  • 👍 1
Post #2580 145
Litva Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarining ishga joylashish arizalarini qabul qilishni to‘xtatdi

So‘nggi yillarda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘istondan Litvaga ishlash uchun borayotganlar soni ortgan. Sentyabr oyida esa uchinchi davlatlardan keladigan ishchilar uchun bir yilga belgilangan kvota to‘lgan.

Batafsil — https://daryo.uz/9tW-RDuvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Post #2579 179
Pokiston Afg‘onistonda uchta nishonga zarba berib, 28 nafar “terrorchi” yo‘q qilinganini ma’lum qildi

Islomobod hujumda “terrorchilar bazalari” nishonga olinganini va bu yaqinda sodir etilgan bir nechta teraktlarga javoban amalga oshirilganini bildirdi.

Batafsil — https://daryo.uz/DgcDBGXDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
  • 🤯 1
Post #2578 179
“Tolibon” yolgʻiz sayohat qilgan xorijlik ayolni hibsdan ozod etdi

Hindiston fuqarosi sayohati davomida qurollangan shaxslar tomonidan bir nechta tekshiruvlarga duch keldi. U Afg‘onistonning turli viloyatlarida bo‘lib, kontentlar oldi.

Batafsil — https://daryo.uz/vlM7VMXvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
Post #2577 225
Markaziy Osiyodagi muzliklar yo‘qolib bormoqda — tadqiqot

Jahon meteorologiya tashkiloti olimlari so‘nggi besh yildagi ko‘rsatkichlarni o‘rgandi. O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘onistondagi suv omborlariga suv kirib kelishi sezilarli darajada kamayib ketgani aniqlandi.

Batafsil — https://daryo.uz/4OuvY6lDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Post #2576 234
Pokistonda masjiddagi portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 31 nafarga yetdi

Xudkush portlashi va undan so‘ng boshlangan qurolli to‘qnashuvda 100 dan ortiq kishi jarohatlangan. Politsiya binosiga yashiringan jangarilarni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya hamon davom etmoqda. Hodisa uchun mas’uliyatni “Tahriki Tolibon Pokiston”ga aloqador guruh o‘z zimmasiga oldi.

Batafsil — https://daryo.uz/oPH3A6lvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
  • 😢 1
Post #2575 215
“Tolibon” Pokistonni harbiy amaliyot o‘tkazmaslik haqida ogohlantirdi va Saudiyani vositachilikka chaqirdi

Matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid Afg‘oniston hududiga qilingan har qanday tajovuzga shafqatsiz javob qaytarilishini aytdi. Shu bilan birga, Kobul Islomobod bilan ziddiyatlarni hal etishda Ar Riyodning ko‘magiga umid qilmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/momW69_DR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
  • 🔥 1
Post #2574 206
Qozog‘istonliklar 2027-yildan Isroilga vizasiz borishi mumkin bo‘ladi

Isroilning Qozog‘istondagi elchisi Yoav Bistritskiy jurnalistlarga bergan intervyusida mamlakatlar o‘rtasida vizasiz rejim joriy etish bo‘yicha kelishuv tayyorlanayotganini ma’lum qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/lRllSr_vg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Post #2573 241
Tojikiston Xalqaro jinoiy suddan chiqishi mumkin

Tegishli qonun loyihasi deputatlar tomonidan muhokama qilinishi kutilmoqda. 2025-yilda Yevropa Ittifoqi Tojikistonni Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olish bo‘yicha tashkilot orderini bajarmaganlikda ayblagandi.

Batafsil — https://daryo.uz/SRMaFl_vg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
  • 🔥 1
Post #2572 222
Qirgʻiziston BMT Xavfsizlik kengashiga aʼzo boʻlgach, “Tolibon” undan qoʻllab-quvvatlashni soʻradi

Bishkek Xavfsizlik kengashining 2027–2028-yillar uchun doimiy bo‘lmagan a’zosi etib saylangandi. “Tolibon” hukumati bu imkoniyatdan foydalanib xalqaro tashkilotda o‘z manfaatlarini ilgari surish uchun qo‘shni davlat bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarni kuchaytirmoqchi.

Batafsil — https://daryo.uz/q4jmN8_DR

👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
  • 🔥 1
Post #2571 239
“Afg‘onistonda xorijdan moliyalashtirilgan loyihalar chet el manfaatlariga xizmat qilgan” — Zabihulloh Mujohid

“Tolibon” matbuot kotibi mamlakatdagi barcha qurilishlar endi faqat ichki byudjet hisobidan bajarilayotganini aytdi. U loyihalar hech bir davlatga qaram emasligini ta’kidladi.

Batafsil — https://daryo.uz/PXlmi8_Dg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
  • 👍 1
Post #2570 211
Jenshen, tennis raketkasi va servis: Janubiy Koreya rahbari Markaziy Osiyo prezidentlariga qanday sovg‘alar berdi?

Tojikiston tomoni o‘zaro almashilgan sovg‘alar mazmunini oshkor qilmaslikni so‘radi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston birinchi xonimlariga ham hadyalar taqdim etildi.

Batafsil — https://daryo.uz/f5bJns_DR

👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
Post #2569 230
Afg‘onistondan Eronga qochayotgan 17 kishi yo‘lda tashnalikdan vafot etdi

Qurbonlar orasida ayollar hamda 14 yoshga to‘lmaganlar bor. Ular qashshoqlik, ishsizlik va xavfsizlik muammolari sabab mamlakatni tark etmoqchi bo‘lgan.

Batafsil — https://daryo.uz/87eOEY_vg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
  • 😢 1
Post #2568 215
Qirg‘izistonda xorijliklarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari yangilandi. O‘zbekistonliklar uchun nima o‘zgaradi?

Yangilik O‘zbekiston fuqarolarining qo‘shni respublikada bo‘lish, turar joy va yagona tizim (ESUVM) orqali ro‘yxatdan o‘tish tartibiga ta’sir qiladi.

Batafsil — https://daryo.uz/bhTDgL_vR

👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
Post #2567 365
Qozog‘iston dunyoning eng raqobatbardosh 40 ta iqtisodiyoti qatoriga kirdi

Reytingni tuzishda iqtisodiyot holati, infratuzilma, davlat boshqaruvi va biznes samaradorligi inobatga olindi.

Batafsil — https://daryo.uz/17-a-f_Dg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Older posts →

About this channel

How can I read @daryo_mo without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Daryo | Markaziy Osiyo va Afg‘oniston: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Daryo | Markaziy Osiyo va Afg‘oniston have?
Daryo | Markaziy Osiyo va Afg‘oniston (@daryo_mo) has 435 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Daryo | Markaziy Osiyo va Afg‘oniston know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →