TGViewer
Daryo — LIVE Daryo — LIVE @daryo_live · 58.7K subscribers
Post #148315 8.72K
Marko Rubioning Samarqandga tashrifi xorijiy OAV nigohida: O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning ahamiyati tobora ortib bormoqda

AQSH Davlat kotibining O‘zbekistonga tashrifi xalqaro ommaviy axborot vositalari tomonidan mintaqaning geosiyosiy va iqtisodiy maydondagi nufuzi oshayotgani nuqtai nazaridan keng yoritilmoqda. Aksariyat xorijiy nashrlar ushbu uchrashuvlarni AQSHning mintaqadagi hamkorligida muhim va ijobiy burilish sifatida baholamoqda.

▶️Reuters agentligi

tashrifni pragmatik ruhda tahlil qilib, Qo‘shma Shtatlar tashqi siyosatida Markaziy Osiyoning o‘rni va ahamiyati ortayotganiga urg‘u beradi. Nashrning yozishicha, AQSH rasmiylari tabiiy resurslarga boy Markaziy Osiyoni ko‘proq e’tiborga loyiq mintaqa sifatida baholamoqda. Bu o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va savdo aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ijobiy va amaliy qadam sifatida ko‘rsatilgan.

▶️AFP axborot agentligi va uning materiallarini e’lon qilgan Yahoo News, Barron's kabi nashrlar AQSHning ushbu qadamlarini "Markaziy Osiyoda diplomatik faollikka o‘tish" deb atagan. Bu esa AQSHning mintaqa, ayniqsa O‘zbekiston bilan hamkorlikni jadallashtirish va strategik aloqalarni mutlaqo yangi darajaga ko‘tarish uchun jiddiy tashabbuslarni ilgari surayotganini anglatadi.

Xorijiy matbuotdagi tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, AQSH va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlik rasmiy uchrashuvlardan tashqari investisiyalar kiritish, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash sohalarida aniq amaliy bosqichga ko‘tarilmoqda.

@daryo_live
More from @daryo_live
  1. Oct 18, 2026AQSH davlat kotibi Marko Rubioning samolyoti Samarqandga qo‘ndi “Daryo” muxbiri ko‘ra, Ame…
  2. Oct 18, 2026“Mana shu koʻprik mening orzularimdan biri edi” — prezident Samarqandda qurilayotgan koʻpr…
  3. Oct 18, 2026Ruminiya o‘z suvli hududlari ustida ikki dronni urib tushirdi Hodisa Ruminiya qirg‘oqlari…
  4. Oct 18, 2026Zelenskiy qoʻshnilardan Ukraina donini tranzit qilishga ruxsat soʻradi Ayrim davlatlar Ukr…
  5. Oct 18, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqandga tashrifi Imom Buxoriy maqbarasi ziyoratidan b…
  6. Oct 18, 2026Fransiya ortidan Italiyada ham yashash xarajatlarining yuqoriligiga qarshi norozilik namoy…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →