Qashqadaryoda sel Damas‘ni olib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Dehqonobod tumanida 13-oktyabr kuni kuchli yomg‘ir sabab sel kelgan. Yo‘ldan adashgan Damas haydovchisi va uning hamrohi yo‘nalishni aniqlash uchun sel o‘tadigan hududda to‘xtagan.
Avtomobil sirpanib, sel yo‘lining chuqurroq qismiga tushib qolgan. Haydovchi mashinadan tushgan, biroq sel oqimi avtomobil va uning ichidagi yo‘lovchini oqizib ketgan.
@daryo_live
Post #148100
13.4K