Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonga ko‘ra:
🔹dual ta’limda o‘qish uchun nomzodlar ish beruvchi korxona va tashkilotlar tomonidan tanlov asosida saralab olinadi;
🔹dual ta’limga qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va qabul parametrlari OTMlar tomonidan har yili 1-sentyabrga qadar belgilanadi;
🔹talabaning dual ta’lim shaklida tahsil olgan davri uning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi;
🔹Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun dual taʼlim shaklida o‘qish 1-kursdan boshlab butun o‘qish davrida davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
@daryo_live
